IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish. MMIBDO‘: _________ D.SAIDOVA Sinf rahbar: __________A.Bo`riqulov 8-mavzu: Ona tilim –mening iftixorim (O`zbekiston Respublikasi. “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “O`z tilim-ona tilim, Navoiy bobom asos solgan-o`zbek tilim”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona tiliga bo`lgan hurmatni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Tursunoy Sodiqovaning “So`z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar."
Doskada: “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi”
(O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida)
O`qituvchi:
“ …Ma'lumki, o'zbek tili asrlar davomida arab yozuvi asosida rivojlanib kelgan. Ayni paytda buyuk ajdodlarimiz, tilimizning o'ziga xos grammatik xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning ulkan imkoniyatlariga mos yozuv tizimini yaratish haqida doimo bosh qotirib kelganlari ham tarixiy manbalardan yaxshi ayon, deb o'ylayman.
Tabiiyki, mustaqillikka erishganimizdan so'ng xalqimiz ma'naviy hayotidagi boshqa ko'plab muammolar qatori til va alifbo masalasi ham biz uchun kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Ayniqsa, ona tilimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizning jahon kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashuvini ta'minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot texnologiyalarini har tomonlama puxta egallash borasida qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalar bu masalani kechiktirmasdan hal qilishni talab etar edi.
Lekin shuni ham aytish kerakki, bu masala qanchalik o'tkir bo'lmasin, biz uni yechishda ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan, ilmiy asosda, har tomonlama o'ylab, keng jamoatchilikning xohishistaklarini inobatga olib ish tutdik. Shu maqsadda 1993-yil 2-sentabrda yurtimizda «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi qonun qabul qilindi.
Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko'p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba'zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo'shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo'lib qolayotganini ko'rsatadi. Bu haqda so'z yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning «Tilga e'tiborsiz — elga e'tiborsiz» degan so'zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz”.
Topshiriq: “Zukkolar” mashqi qo`llaniladi.
Bunda “Eng ko`p til, ya’ni o`zbek tili” haqida so`zlar topish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.