Tushuntirish xati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə31/36
tarix13.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#84046
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
6-sinf Sinf soati pechatniy variant

Topshiriq: “Xulosa” mashqi. Romanning kichik parchasidan o`zingizga qanday xulosa chiqardingiz? degan savol bilan o`qituvchi o`quvchilarga yuzlanadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: _________ D.SAIDOVA
Sinf rahbar: __________A.Bo`riqulov
28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik turmush bo`lar chiroylik (Tasviriy san’at, mehnat, musiqa fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori: “Sharq Rafaeli”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tasviriy san’at, mehnat, musiqa fanlari oyligida faol bo`lishga, bor iste’dod, iqtidorlarini ko`rsatishga bo`lgan imkoniyatlardan foydalanishni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Navoiyning shogirdi, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzod ”
O`qituvchi:
Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans (Uyg`onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafaeli”, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir.
Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o`zining barakali hissasini qo`shgan zabardast musavvir Kamoliddin Behzod 1455 yilda Hirotda, kambag`al hunarmand oilasida dunyoga kelgan.
Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va niniatyurasoz bo`lib yetishuvining muhim omillaridan biri – bu uning XV asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir Alisher Navoiyning nazariga tushib, badiiy-g`oyaviy va estetik jihatdan ulug` mutafakkir va homiy dahosidan bahramand bo`lganligidadir.
San’at va nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo`lgan Behzod g`oyatda mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o`tkir aqlu zakovati tufayli iste’dodi kundan-kunga ortib bordi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo`lib tanildi. Alisher Navoiyning maktabdoshi va do`sti, podshoh Sulton Husayn Boyqaro Behzodni o`z huzuriga – saroyiga jalb qilib, unga saroydan maxsus joy ajratib, ijodiy ishlar bilan shug`ullanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berdi.
Behzodning ijodiy merosini o`rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha ma’lum bo`lgan asarlari taxminan o`ttizta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng mashhurlari quyidagilardir:

  1. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” siga ishlangan miniaturalar.

  2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqadagi 40 dan ortiq go`zal miniatyuralar.

  3. Abdurahmon Jomiyning “Solomon va Ibsol” asariga ishlangan rasmlar.

  4. Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyuralar.

  5. Sa’diyning “Bo`ston” asariga ishlangan go`zal rasmlar.

  6. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asariga chizilgan noyob va benazir miniatyuralar.

  7. Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma” asariga chizilgan rasmlar


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin