Tushuntirish: O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-son buyrug‘i bilan tasiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalari” da auditoriya soati hajmi 400 soat deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 824-sonli qarori ijrosini ta’minlash, kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish hamda mustaqil ta’lim bilan ishlashni samarali tashkil qilish maqsadida Universitetning 2022 yildagi 28 noyabrdagi Kengashining 4/4.1-son qarori bilan kredit-modul tizimi talablaridan kelib chiqqan holda 2022-2023 o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasining minimal miqdori belgilangan. Unga ko‘ra kafedra mudiriga yillik o‘quv yuklama 650-750 soat miqdorida, auditoriya soatlari 200-250 soat, dotsent, fan nomzodi (PhD) ga umumiy yuklama 750-780 soat, auditoriya soati esa 250-300 miqdorida belgilangan. R. M. Yusupov, F. N. Haitov, D. B. Botirovlar uchun auditoriya soatlar miqdori ana shu miqdordan kelib chiqib belgilangan. Demak, mutanosiblik buzilmagan. Kengash qarori ilova qilinadi.
Begbo‘taev A (1 shtat, katta o‘qituvchi, PhD, yillik o‘quv yuklma 830 soat) va Bozorov G‘ (0.5 shtat, katta o‘qituvchi PhD yillik o‘quv yuklamasi 461 soat) larning har biri 3 nafardan magistrning magistrlik dissertatsiyasiga va 3 nafardan bakalavrning bitiruv malakaviy ishiga rahbar bo‘lganligi uchun (ilmiy rahbarlik 2021-2022 yilda universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan) ularning o‘quv yuklmasini hisoblashda auditoriya soatlari miqdori ta’rifikatsiya va taqsimot sites.google.com/viyew/tarifikatsiya2022 ga joylashtirilgan ta’rifikatsiya va taqsimotda amaldagi me’yordan kam bo‘lib qolgan. Kafedradagi vakant o‘quv soatlari hisobidan kafedra tarifikatsiyasi va taqsimotiga ba’zi o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Begbo‘taev A ning auditoriya o‘quv yuklamasini 270 soat va Bozorov G’ ning o‘quv yuklmasini 150 soat qilib belgilash rejalashtirilgan.
3) Professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini belgilash qoidalarining 8-bandiga muvofiq ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilishi, zarur hollarda ( ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent, katta o‘qituvchilar soni yetarli bo‘lmaganda) oliy ta’lim muassasasi qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan biroq, ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarni o‘tishga ruxsat berilishi belgilangan. Biroq kafedra o‘qituvchisi va stajyor-o‘qituvchilar Sh. Bobobekovga 36 soat, Sh. Alishevga 80 soat, U. Xonimqulovga 76 soat, F. Raxmonqulovga 30 soat ma’ruza mashg‘ulotlari universitet kengashi ruxsatisiz berilgan.
Tushuntirish: Universitet kengashining 2022 yil 21 oktyabrdagi 3/5.2 sonli “Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan kamida 3 yillik ilmiy pedagogik stajga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan, bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tishga ruxsat berilgan o‘qituvchilar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan ilovada kafedra o‘qituvchilaridan Sh. Bobobekovga 36 soat, Sh. Alishevga 80 soat, U. Xonimqulovga 76 soat, F. Raxmonqulovga 30 soat ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tishga ruxsat berilgan. Qaror ilova qilinadi.
Kafedra mudiri: R. M. Yusupov