1-javob
2-javob
Turli hayvon tuxum hujayralari sitoplazmasida sariqlik bo`lib, uning miqdori turlicha. Ularning joylashishi va miqdori embrional rivojlanish yo`llarini belgilaydi. Sariqlik sitop-lazmadagi har xil oziqa moddalardan tashkil topgan kiritmalardir. Tarkibiga ko`ra sariqlik - uglevodli, yog`li va oqsilli bo`lishi mumkin. Oqsilli sariqlik ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki uning miqdoriga qarab tuxum hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda tuxumda ko`p miqdorda to`planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi.
Ovotsit tashqi tarafdan hujayra qobig`i bilan o`ralgan bo`lib, u ko`p miqdorda mikrovorsinkalar hosil qiladi. Sut emizuvchilarda tuxum hujayraning o`sishi tuxumdonda, yetilishi esa bachadon naylarida kechadi. Tuxumdondagi ovogoniy hujayralarining o`sish davrida ularni o`rab turgan hujayralar ko`payib ko`p qavatli bo`lib qoladi. Bu hujayralar follikulyar suyuqlikni sekretsiya qilishi natijasida follikulyar hujayralar orasida bo`shliq hosil bo`ladi (34-rasm). Bu bo`shliqning kengayishi davomida tuxum hujayra bir qavat follikulyar hujayralar (nurli toj) bilan o`ralgan holatda qoladi. Hujayralar yassi yoki kubsimon shaklga ega bo`lib, ularning uzun o`simtalari tuxum hujayra mikrovorsinkalarining orasiga kirib, ozuqa moddalarning tuxum hujayraga o`tishiga sharoit yaratadi. Tuxum hujayra qobig`i va follikulyar hujayralar oralig`ida, shu hujayraning mahsuloti bo`lgan glikozaminoglikanga boy yaltiroq qavat joylashadi. Suv hayvonlarida uni dirildoq qobiq deb ham yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |