Tuxumlarni inkubatsiya qilishdan oldingi ishlov


-rasm. Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani “Darg‘om Parranda Fayz”



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#160529
1   2   3   4   5   6
2022-1

 
1-rasm. Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani “Darg‘om Parranda Fayz” 
parrandachilik fabrikasining inkubatoriya hamda parrandalarni parvarishlash 
bo‘limlari 
 
Uy sharoitida inkubatorlardan foydalanishdan avval tuxumlardan ochib chiqish 
foizini oshirish maqsadida tuxumlarni dezinfeksiya qilish maqsadida har xil usullardan 
foydalaniladi. Sababi inkubatorlarga qo‘yiladigan tuxumlarning ichki embrion qismi 
emas, balki aksincha tashqi po‘stloq qismi 93% mikroorganizmlar bilan 
zararlanganligi sababli yangi ochib chiqgan jo‘jalar tez nobud bo‘lishadi va ushbu 
patogen mikroorganizmlar inkubatorlardagi qulay sharoit evaziga yaxshi 
rivojlanishadi. Shuning uchun uy sharoitidagi inkubatorlarda ochib chiqariladigan 
tuxumlarni dezinfeksiya qilish muhim hisoblanadi. Shulardan inkubatorlarni 
dezinfeksiya qilish maqsadida turli usullar va vositalardan foydalaniladi. Tuxumlarni 
uy sharoitida dezinfeksiya qilish maqsadida iloji boricha toza +35-40
0
C dagi iliq 
distillangan suvga dorixonalarda sotiladigan 3%li periks vodorod eritmasini 1,5%li 
qilib tayyorlab olib tuxumlarni dezinfeksiya qilishimiz mumkin. Bundan tashqari 
tuxumlarni 1 litr toza distillangan suvga 50 ml sirka kislotasini aralashtirib ham 
dezinfeksiya qilish tuxumlarning ochib chiqish foizini oshirishi amalda sinab 
ko‘rilgan.


284 
 
2-rasm. Samarqand viloyati, Samarqand tumani “Ohalik Lomann Parranda” 
parrandachilik fabrikasida inkubatordan ochib chiqgan yosh jo‘jalarni yuqumli 
kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilish jarayoni. 
Tuxumlarni dezinfeksiya qilishdan tashqari inkubatorlarni ham dezinfeksiya 
qilish sog‘lom jo‘ja ochib chiqish samaradorligining muhim tamoyili hisoblanadi. 
Buning uchun aholi xo‘jaliklarida foydalaniladigan inkubatorlarni turli fizik va 
kimyoviy usullardan foydalanishimiz mumkin. Bularga inkubatorning ichki qismiga 
ultrabinafsha lampasini kamida 20-30 daqiqa yoqib qo‘yish orqali, formalinni kaliy 
permonganat eritmasi bilan aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan reaksiya
 
orqali, har 
xil 
turdagi 
kimyoviy 
preparatlar 
va 
dorixonalarda 
sotiladigan 
maxsus 
dezinfektantlardan foydalangan holda inkubatorlarni dezinfeksiya qilish shular 
jumlasidandir [6,8]. 
Inkubatordan ochib chiqgan jo‘jalarning o‘limiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p 
sabablar o‘rganilganda ularni eng avvalo noto‘g‘ri, sifatsiz oziqlantirish, xona 
haroratining me’yorida bo‘lmasligi (yuqori yoki past), noto‘g‘ri saqlash, infeksion 
(yuqumli) va invazion (yuqumsiz) kasalliklar bilan kasallanishi, har xil yot narsalar 
bilan oziqlanishi (taxta qirindisi, axlat va hakozo) bilan izohlanadi. 
Aslida inkubatorga qo‘yishdan oldin tuxumlarni yuvish tavsiya etilmaydi 
(himoya qatlami yuviladi), ba’zi mualliflar peroksid eritmasi bilan dezinfeksiya qilish 
va quritishni tavsiya qiladi. Ammo bu usul bilan katta parrandachilik fabrikalarida 
yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun ushbu fabrikalarda quruq dezinfeksiya qilish 
ishlari amalga oshiriladi. Shudan so‘ng tuxumlarni qo‘yishdan oldin +27
0
C darajaga 
qadar qizdiriladi. Inkubatsiya tovuq tuxumlarida 21 kun davom etadi [1].
 
 
 


285 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin