Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna


I BOB YUZASIDAN XULOSALAR



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə8/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

I BOB YUZASIDAN XULOSALAR 
I bob yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: 
An‟anaviylik va novatorlik masalasi adabiyotshunoslik ilmida muhim
masalalardan biridir. Har qanday novatorlik an‟anaviylik bag„rida tug„iladi. 
An‟anaviylik novatorlik masalalari vorislik muammosiga tutashadi.
Adabiyot jamiyatning in‟ikosi sifatida davr bilan hamnafas yangilanish va 
o„zgarishlarni o„zida aks ettirib boradi. Bugungi adabiy jarayon ham shaklan va
mazmunan yangilanib, o„zgarishlarni o„zida aks ettirib bormoqda.
Hozirgi o„zbek adabiyotida ham yozuvchi, ham shoir, ham adabiyotshunos
sifatida Ulug„bek Hamdam ijodi o„zining munosib o„rniga ega. Adibning ijodi 
ayricha jihatlari bilan nafaqat o„zbek adabiyotshunosligi balki rus va boshqa xorij
adabiyoti vakillarining ham e‟tiborini tortgan. Bu borada nashr etilgan qator ilmiy 
maqolalari buning yaxlit isbotidir.
Ulug„bek Hamdam ijodida ham an‟anaviylik va novatorlik masalasi o„ziga 
xos namoyon bo„ladi. Ayniqsa, adibning kichik janr hikoya borasidagi novatorligi
alohida e‟tiborga loyiq. Ulug„bek Hamdam o„zbek hikoyanavisligi an‟analarini 
davom ettirgani holda, shakl masalasining kengligi, obrazlar tanlovi, modernistik
talqinlarga murojaat jihatidan yanglanishlar kashf etdi. Ayniqsa, yozuvchining tush 
hikoyalari bayon uslubi, kutilmagan yechim bilan yakun topishi, katarsis
hodisasining millat va yosh jihatidan qat‟iy nazar chuqur anglanishi kabilar bilan 
yangilik kasb etadi. Mazkur hikoyalarda mifologik, diniy, falsafiy qarashlar
uyg„unlashib ketgan.



25


II BOBULUG‟BEK HAMDAM ROMANLARI POETIKASIDAGI XOS 

XUSUSIYATLAR

1-fasl. “Muvozanat” romanida an‟anaviylik va o„ziga xoslik 
Ulug‟bek Hamdamning “Muvozanat”romanida ko„pchilikning ongu-qalbidan 
kechib o„tgan yoki kechib turgan holat tasvirlangan. “Muvozanat”da yaqin
o„tmishimiz, odatlanilgan turmush-tarzidagi o„zgarishlar ruhiyatimizda keskin 
evrilishlarni keltirib chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati qalamga olingan.
Asar mavzu jihatidan g‟oyat dolzarb muammoga bag‟ishlangan. 
“Muvozanat” romanida tanlangan mavzu, asar g„oyasi roman nomidan
seziladi. Romanda yangi davr ostonasida turgan insonning qalbidagi mezonni 
ijtimoiy tuzum, davr va makon o„zgarishlari oqibatida ma‟lum darajada buzilishi,
saqlab turilgan muvozanatni qalqib ketishi keng ko„lamda yoritiladi. 
Asar haqida adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov shunday e‟tirof etadi: “Men
yaqinda Ulug„bek Hamdamning “Muvozanat” deb nomlangan yangi romanini 
o„qib chiqdim. Romanni o„qib chiqar ekanman, bugungi kun odamini tasvirlashda
hali realizmning ochilmagan imkoniyatlari ko„p ekaniga imon keltirdim. Demak, 
gap bu yerda realizmda yoki modernizmda emas. Gap san‟atkorda, uning
tafakkurida va mahoratida. Adabiy asar esa chinakam asar namunasi bo„lmog‟i 
uchun, realizmga mansub bo„ladimi, romantizm uslubida yozilgan bo„ladimi yoki
qandaydir boshqa modernistik uslubga amal qiladimi, baribir, yana takror 
aytaman, uning markazida inson turmog‟i kerak, kitobxon insonning taqdiri,
tabiati, hayoti haqida muayyan axborot olish bilan birga bu asardan estetik zavq 
ham ola bilsin”
18

Darhaqiqat, romanda avvalo, mavzu yangi. Muallif badiiy ijodda muvozanat


tushunchasiga yangicha yondasha bilgan. Bir qarashda oddiydek tuyulgan 
muvozanat tushunchasi asar davomida nihoyatda katta va keng ko„lamli mohiyat
kasb etadi. U turmushning, hayotning, inson ma‟naviyatining har bir jabhasida o„z 
bo„yini ko„rsatadi. Asarda yozuvchi istiqlolga erishganimizdan keyingi davrni,
muhitni yoritib berishda ayni tushunchani asosiy mezon sifatida asarning bosh 
18
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. –T.: 2004. 245-bet.





26


g„oyasi, mavzusi bilan bog„laydi. Asar kompozitsiyasi va syujeti ham ana shu
asosda tuziladi.
Asardagi ilgari surilgan g„oya jamiyat evrilishlarida yuzaga kelgan ijtimoiy
o„zgarishlarning insonga ta‟siri. Bunda odamlarni qanday harakatga kelishi, to„g„ri 
yo„lni topa olishi yoki asliga mos yashamasligi ko„rsatiladi. Romanda bugungi
davrni xarakterlaydigan bir qancha obrazlar yaratilganki, ulardan har birining
mavjud davr manzarasini va romanda ifodalanayotgan ma‟noni yaratishda o„ziga
xos o„rni bor. 
Roman jami 110 sahifadan iborat bo„lib, unda 60 ga yaqin faol va nofaol
bo„lgan qahramonlar ishtirok etadi. Roman uslubida ko„proq ijtimoiy-falsafiy 
mazmun yetakchilik qilsa-da, voqealar maishiy fonda olib boriladi.
Romandagi badiiy g„oyani ochishda muallif bosh qahramon Yusufdan 
foydalanadi: “Ya‟ni jamiyatdagi muvozanat har birimizning boshimizdagi 


Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin