Alohida vakillari. Aminosirka kislota (glikokol, glitsin) jelatinani, fibroinni gidrolizlab olinadi. Xlorsirka kislotaga ammiak ta’sir ettirib olinishi mumkin. a-aminopropion kislota (a-alanin). (+)-alanin hamma oqsillar tarkibiga kiradi. siangidrin usuli bilan olinadi. a-aminoizokapron kislota (leysin). (+)-leysin ko’pchilik oqsillar, ayniqsa gemoglabin tarkibiga kiradi. Diaminokapron kislota (lizin), (+)–lizin ayrim baliqlarning ikrasidagi oqsil tarkibiga kiradi. Almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar qatoriga mansub.