14. 1919-yil sentyabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari qaysi shaharlarni egallashdi? 1. Jalolobod 2. Andijon 3. O‘sh 4. Namangan A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 1,3,4
15. Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati qachon tuzilganligini aniqlang? A) 1919-yil 13-sentyabr B) 1919-yil 23-oktyabr
C) 1919-yil 12-oktyabr D) 1920-yil 12-oktyabr
16. Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumatining hukumat boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni etib ham tayinlangan shaxsni aniqlang? A) Shermuhammadbek B) Madaminbek C) Katta Ergash D) Kichik Ergash
17. Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tarkibiga … nafar tub aholi va …nafar ruslar kiritilgan edi? A) 12, 8 B) 14, 6 C) 16, 8 D) 18, 8
18. Madaminbek noaniq vaziyatda qachon o‘ldirildi? A) 1920-yil martda B) 1921-yil mayda
C) 1920-yil avgustda D) 1920-yil mayda 19. Quyidagi qaysi qo‘rboshi Afg‘oniston davlatiga o‘tib ketgan? A) Shermuhammadbek B) Madaminbek
C) Katta Ergash D) Kichik Ergash
20. Kim 1918-yildan boshlab 2000 yigit bilan Samarqand viloyatida qizil armiyaga qarshi janglarda faol qatnashdi? A) Shermuhammadbek B) Ochildov
C) Katta Ergash D) Bahrombek 21. Quyidagi shaxslardan Farg‘ona viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlangan shaxsni aniqlang? A) Tobolin B) Veryovkin-Roxalskiy
C) P. Baranov D) Kuropatkin
22 “Bosmachilik” – Turkistonda nechanchi yillarda keng xalq ommasi vakillarining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan qurolli harakatiga sho‘ro hukumati davrida buyuk davlat shovinistlari tomonidan berilgan rasmiy nomdir? A) 1918–1926-yillarda B) 1919–1926-yillarda
C) 1918–1925-yillarda D) 1917–1925-yillarda
§ 6. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati