Nazorat savollari:
1. Terminal holat tushunchasi?
2. Terminal holat davrlari?
3. Terminal holatlarda bajariladigan muolajalar?
4. Qusish nima?
5. Zararlangan tana qismlariga muz xalta qo’yish qoidalari.
Adabiyotlar:
A.F. Dronov, A.I. Lenyushkin, L.M. Kondrat’yeva. Obshiy uxod za det’mi s xirurgicheskimi zabolevaniyami, uchebnoye posobiye, M., Meditsina, izdaniye-1-e, 1987.
Mazurin A.V., Zaprudnov A.M., Grigor’yev K.I. Obshiy uxod za det’mi: Uchebnoye posobiye. - 3-e izd., pererab. i dop. - M.: Meditsina, 1998.
Struchkov V.I., Struchkov YU.V. Obshaya xirurgiya. Uchebnik. – M. Meditsina. 1988. 480 s.
Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik. Minsk. Vish.shkola. 2011. -527 s.
Mashg’ulot №15
Og’ir xirurgik bemorlarda kiyim–kechak va oqliKlarni almashtirishning o’ziga xos Hususiyatlari, yotoq, yaralarni oldini olishda shifokorning tutgan o’rni. Og’ir bemorlarni o’rin ko’rpa va oqliklarini almashtirish. Og’ir bemorlarni yuvintirish. Og’ir bemorlar teri, shilliq qavatlari, sochlari va tirnoqlari parvarishi.
Bolalar toza tutilishi, ko’rinishi chiroyli bo’lishi lozim. Tibbiy hodim bola sochini tarashi, tirnog’ini olishi, lozim bo’lsa kiyinishiga yordam berishi shart. Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo’lsa o’zlari ertalab va kechqurun yuvinishi, tishini, qulog’ini yuvishi shart. Lozim bo’lsa bolaga tish cho’tkasidan qpnday foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarga g’amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni sochini shaxsiy tarog’i bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a’zolarini iliq suvda oldidan orqaga qarab, orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10 kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak. Vanna qabul qilgan kuni o’rin-ko’rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. Lozim bo’lsa yotoq choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak
Dostları ilə paylaş: |