Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов


OIV infeksiyasi bilan zararlanish mumkin bo’lan biologik suyuqlik



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə58/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

OIV infeksiyasi bilan zararlanish mumkin bo’lan biologik suyuqlik:

  • Qon;

  • Sperma;

  • Qindan ajralma;

  • Qon bilan aralash har xil suyuqlik;

  • OIV bor kultura va kultural muxit;

  • Sinovial suyuqlik;

  • Tserebrospinal suyuqlik;

  • Plevral suyuqlik;

  • Perikardial suyuqlik;

  • Amniotik suyuqlik.

OIV yuqmaydi:

  • OITS bilan zararlangan bemorning kiyimini kiysa, shaxsiy buyumlaridan foydalansa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bir xonada tursa yoki bir xonada yotsa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bola bilan o’ynasa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta vannada, basseynda, daryo yoki orolda cho’milsa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta transportda yursa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan siz tomonga yo’talsa yoki aksirsa;

  • OITS bilan zararlangan bemorga oddiy gigenik qoidalariga rioya qilgan holda qarasa;

  • OITS bilan zararlangan bemorga oddiy extiyot choralarini ko’rgan holda birinchi tibbiy yordam ko’rsatsa.

Kasallik belgilari:
Inkubatsion (yashirin) davri 2-3 xaftadan 3 oygacha davom etishi mumkin. Undan keyin 1/3 bemorlarda kasallikning o’tkir fazasi boshlanadi (xarorat ko’tarilishi, tomog’ida og’riq, limfa tugunlarining kattalashishi, toshma toshishi mumkmn, umumiy xolsizlik), bular 2-4 xaftadan keyin davolanishsiz o’tib ketadi. 2/3 zararlangan bemorlarda esa bu davr yashirin o’tadi. Bundan keyin uzoq muddatda kasallikning belgilari sezilmaydi (virus tashuvchi). Keyinchalik bemorda bir qancha klinik belgilar paydo bo’lib, vrachda OIV-infeksiya borligiga shubxa paydo bo’ladi. O’rtacha infektsiyalangandan to OIV-infektsiyasi terminal stadiyasigacha 10-15 yil davrni oladi. Ba’zi bir holatlarda kasallik bir oy muddatda OITS ga transformatsiyalanadi, ba’zi xolatlarda esa yillab bo’lishi mumkin. O’lim holatiga olib keladigan asosiy sabablaridan biri, ko’pincha opportunistik infeksiya va Kaposhi sarkomasi bo’lsa, OIV/OITS bemorlarda esa narkomanlarda tuberkulez kasalligi bo’lishi mumkin.
OIV-infektsisiga tashxis qonni maxsus tekshirish natijalaridan keyin tasdiqlanadi, ko’p holatlarda zararlangandan so’ng 3 oylardan keyin natijasi ma’lum bo’ladi. OIV-infektsiyaga tekshiruv anonim o’tkaziladi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin