Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov


Fanni o’qitishning vazifalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə115/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
download-edfiles-16241

Fanni o’qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar kuyiladi. Talaba:

  • mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;

  • mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma‘naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo’lishi kerak.
III. Asosiy nazariy qism (ma‟ruza mashg‟ulotlari)
1-MAVZU: Kirish.“O‟zbekistonning eng yangi tarixi” o‟quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi‖ o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma‘naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida ta‘lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariykontseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin