Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov


Birinchi ustuvor yo'nalish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə25/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
download-edfiles-16241

Birinchi ustuvor yo'nalish - mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati, shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo'nalish - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sar-hadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash.
Uchinchi ustuvor yo'nalish - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.
To'rtinchi ustuvor yo'nalish - inson huquqlari va erkinliklari-ni, so'z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni amalda joriy etish.
Beshinchi ustuvor yo'nalish - jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o'rni va rolini oshirish, ularning faoliyat doirasini kengaytirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish.
Oltinchi ustuvor yo'nalish - sud-huquq sohasini isloh qilish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini ta'minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklari-ni himoya qilish, huquq organlarini «jazolovchi» organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish.
Yettinchi ustuvor yo'nalish - islohotlarning samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish de-mografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavfxatarlardan himoya qilish.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qilish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakllantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy hodisadir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin