Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə34/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
download-edfiles-16241

Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma'lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig'iga mos bo'lmog'i kerak edi. O'zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu-siylashtirishni o'zi boshqarib borishi ko'zda tutildi. Shuning uchun O'zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g'oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo'ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo'li bilangina mulkchilik-ning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.
Ikkinchi tamoyil shundan iborat bo'ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta'minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi.
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi.
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilash imkonini beradi.
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala-rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo'ldi. Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi.
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chu-qurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon-ga aholini va chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo'yildi.
Qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kimoshdi sav-dolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig'i dav-latga tegishli bo'lmagan korxona bo'lsa, 1994-yilda bu ko'rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo'jaligida band bo'lgan aholining 48 foi-zi nodavlat sektorida ishlagan bo'lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ko'pi, qishloq xo'jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keladi.
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro'yxatdan o'tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 barobar, fermer xo'jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko'paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o'zida ushbu so-hada qo'shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o'rni yaratildiki, bu ko'rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi.
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish-ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo'q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli dasturni amalga oshirish kerak bo'ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, bularning barchasi o'zining ijobiy na-tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o'zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo'shimcha ravishda 290 ming yangi ish o'rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi.
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi-yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o'rni tashkil etildi.
paxta tolasini chuqur qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag'batlantirish qishloq joylarida o'zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o'sishi
Katta sarmoya, mablag' talab qilinmaydigan kasanachilikni yo'lga qo'yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo'lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo'shimcha daromadga ega bo'ldi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi.
Birinchi Prezident I. Karimov o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» nomli kitobida yozganidek, «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratil-gan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi... Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi g'isht qo'yildi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo'yadigan

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin