To`plam eng muhim matematik tushunchalardan biridir. Bu tushuncha matematika faniga to`plamlar nazariyasining asoschisi bo`lgan nemis matematigi Georg Kantor (1845- 1918) tomonidan kiritilgan.
To`plam tushunchasi matematikaning boshlang‘ich (ta’riflanmaydigan) tushunchalari- dan biridir. U chekli yoki cheksiz ko`p obyektlar (narsalar, buyumlar, shaxslar va h.k.) ni birgalikda bir butun deb qarash natijasida vujudga keladi.
To`plamlar odatda lotin alifbosining bosh harflari bilan, uning elementlari esa shu
alifboning kichik harflari bilan belgilanadi.
x element X to`plamga tegishli ekanligi x X
ko`rinishda, tegishli emasligi esa
x X ko`rinishda belgilanadi.
Masalan: barcha natural sonlar to`plami N va 4, 5, 3 , sonlari uchun 4 N , 5 N ,
4
3 N , N
4
munosabatlar o`rinli.
Elementlari soniga bog‘liq holda to`plamlar chekli va cheksiz to`plamlarga
ajratiladi. Elementlari soni chekli bo`lgan to`plam chekli to`plam, elementlari soni cheksiz bo`lgan to`plam cheksiz to`plam deyiladi.
Misol: A x x N, x2 7 to`plam 2 dan katta bo`lgan barcha natural sonlardan
tuzilgan, ya’ni
A 3,4,5,6,7,.... Bu to`plam – cheksiz to`plamdir.
Birorta ham elementga ega bo`lmagan to`plam bo`sh to`plam deyiladi. Bo`sh to`plam
orqali belgilanadi. Bo`sh to`plam ham chekli to`plam hisoblanadi.
Misol:
x2 3 x 2 0
tenglamaning ildizlari
X 2;1
chekli to`plamni tashkil
etadi.
x2 3 x 3 0 tenglama esa haqiqiy ildizlarga ega emas, ya’ni uning haqiqiy
yechimlar to`plami dir.
Ayni bir xil elementlardan tuzilgan to`plamlar teng to`plamlar deyiladi.
Misol: X x x N, x 3 va Y x x 1 x 2 x 3 0 to`plamlarning har biri
faqat 1, 2, 3 sonlaridan tuzilgan. Shuninguchun bu to`plamlar tengdir: X Y
QISM TO`PLAM VA UNIVERSAL TO`PLAMLAR
Agar B to`plamning har bir elementi A to`plamning ham elementi bo`lsa, B to`plam
A to`plamning qism to`plami deyiladi va B A ko`rinishida belgilanadi. Ta’rifga ko`ra,
istalgan to`plam o`zining qism to`plami bo`ladi: A A bo`sh to`plam esa, istalgan
to`plamning qism to`plami bo`ladi
A.
Qism to`plamlar ikki turga bo`linadi: xos va xosmas qism to`plamlar. To`plamning o`zi va bo`sh to`plam xosmas qism to`plam deyiladi. Ularda boshqa qism to`plamlar xos qism
to`plam deyiladi.
Masalan:
A a, b, c to`plamning xos qism to`plamlari: a, b , c, a, b, a, c,
b, c; xosmas qism to`plamlari: a, b, c va dir.
Agar
A1, A2 , ... ,An
to`plamlar A to`plamning qism to`plami bo`lsa, A to`plam
A1, A2 , ... ,An
to`plamlar uchun universal to`plam deyiladi.
Universal to`plam, odatda, J yoki U harfilari bilan belgilanadi. Masalan, N -barcha natural sonlar to`plami; Z -barcha butun sonlar to`plami; Q -barcha ratsional sonlar to`plami;
R -barcha haqiqiy sonlar to`plami bo`lib, N Z Q R
sonli to`plamlar uchun universal to`plam vazifasini bajaradi.
shartlar bajariladi va R qolgan
A to`plamning to`ldiruvchisi deb U universal to`plamning A ga tegishli bo`lmagan barcha elementlari to`plamiga aytiladi va quyidagicha belgilanadi A .
Masalan:
U 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
universal to`plam bo`lsa,
A 1, 3, 5, 7, 8
to`plamning to`ldiruvchisi
A 2, 4, 6 to`plam bo`ladi.
A
A
To`ldiruvchi to`plam quyidagi xossalarga ega:
3. n A n A nU
ya’ni A va A to`plamlar umumiy elementlarga ega emas hamda ularni tashkil qilgan barcha elementlar U ni hosil qiladi.
TO`PLAMLAR USTIDA AMALLAR
To`plamlar orasidagi munosabatlarni yaqqolroq tasavvur qilish uchun Eyler–Venn diagrammasidan foydalaniladi. Bunda to`plamlar doira, oval yoki biror yopiq soha shaklida, universal to`plam esa, odatda, to`g`ri to`rtburchak shaklida tasvirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |