56
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam stavka
bo‘yicha soliq solinadi:
- baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha
qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida olingan daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda,
baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik
shaxslar xodimlarining ish haqiga koeffitsientlar hisoblashning
eng yuqori summasi
hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan EKIHning to‘rt baravari miqdorida
belgilanadi;
- korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi
ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan
daromadlariga;
- mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga;
- jismoniy shaxslardan
tekin olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi
daromadlarga;
- jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas
mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga.
Jismoniy shaxslarning ish haqidan olinadigan daromad solig‘ining buxgalteriya
hisobi 6411 «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha
byudjetga
qarzdorlik» schyotida olib boriladi.
Jismoniy shaxslarning ish haqidan olinadigan daromad solig‘ining buxgalteriya
hisobida aks ettirilishini misollar yordamida karab chikamiz.
1. Savdo kompaniyasida sotuvchilarga 200000 so‘m va ma’muriyat xodimlarga
32000 so‘m mikdorida ish haqi hisoblandi:
Debet 9414 «Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha harajatlar» 200000 so‘m
9421 «Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha harajatlar ma’muriyat harajatlari)» 32000
so‘m
Kredit 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» 232000 so‘m
2. Kompaniya ishchi va hizmatchilarga hisoblangan ish haqi hisobidan 12 foiz
mikdorda daromad solig‘i ushlandi. Bu ho‘jalik jarayoni buxgalteriya
hisobida quyidagi
tartibda aks ettiriladi:
Debet 6411 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar» 27840 so‘m
Kredit 6411 «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha byudjetga
qarzdorlik» 27840 so‘m
Ijtimoiy sugo‘rta ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobida aks ettirishni
quyidagi misollar yordamida ko‘rib chikamiz.
3. Kompaniya ishchi-hizmatchilariga hisoblangan ish haqi hisobidan sugo‘rta to‘lovi
ushlanganda:
Debet
6710
«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»
5800 so‘m
Kredit 6720 «Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha to‘lovlar» 5800 so‘m
Ijtimoiy sugo‘rta uchun 37,3 foizlik ajratma hisoblanganda:
Debet 9415 « Mehnat haqi jamg‘armasidan ajramalar» 74600 so‘m
9422 « Mehnat haqi jamg‘armasidan ajramalar» 11936 so‘m
Kredit 6520 «Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha to‘lovlar» 86536 so‘m
5. Ish haqidan ushlangan daromad solig‘i va ijtimoiy sugo‘rta to‘lovlariga ajratmalar
hisob kitob schyotidan to‘langanda:
57
Debet 6411 «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha byudjetga
qarzdorlik» 27840 so‘m
6520 «Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha to‘lovlar» (5800+86536) = 92336 so‘m
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 120176 so‘m
6. Kompaniya tomonidan xodimlarga ish haqi berilganda:
Debet 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar»
198360 so‘m
Kredit 5010 «Milliy valyutadagi pul mablaglari» 190300 so‘m
7. O‘z vaktida olinmagan ish haqi summasi deponetga o‘tkazilganda:
Debet 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar» 8060 so‘m
Kredit 6720 «Deponentlik mehnat haqi» 8060 so‘m
Yangi
schyotlar rejasiga asosan, soliqlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarning
buxgalteriya hisobi 6410-»byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hisobi» schyotlarda
olib boriladi. Bu schyotda bir soliq har bir soliq turiga alohida schyot ochiladi.
Bunda
korxona o‘zi mustaqil tarzda subschyot ochish huquqiga ega.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: