73
chiqariladi.
Etil spirti ulushi 40%dan ortiq hajmli 10 ming dal aroqni realizatsiya qilishda
aktsiz
solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 35 921 so‘m miqdorda belgilanadi, hisoblab
yozilgan aktsiz solig‘i summasi (spirt bo‘yicha aktsiz solig‘i hisobga kiritilmagan) 359
210 ming so‘mni (35 921 x 10 000) tashkil qiladi.
Vino bo‘yicha aktsiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 4 981 so‘mga
teng, hisoblab yozilgan aktsiz solig‘i summasi (hisobga kiritilmagan) 9 962 ming so‘mni
(2 000 x 4 981) tashkil qiladi.
Shuningdek, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab PQ-1675-son qarorning 6-bandi
bilan zargarlik buyumlari bilan savdo qiladigan chakana savdo tarmoqlariga aktsiz solig‘i
joriy etildi. Jumladan chakana savdo tarmog‘ida realizatsiya qilinadigan, tilladan yasalgan
zargarlik buyumlariga, chakana savdo korxonalariga, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa,
xarid qilingan tilladan yasalgan zargarlik buyumlariga ular to‘lagan aktsiz solig‘ini
chegirish
huquqini bergan holda, zargarlik buyumining 1 grammi uchun 10 AQSh
dollariga ekvivalent miqdorda aktsiz solig‘i joriy qilingan.
MISOL. Zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchi savdo do‘koni 2012 yilning 21-30
yanvar kunlarida 35 gr zargarlik buyumlarini sotdi. Import qilinganda to‘langan aktsiz
solig‘i summasi 140 AQSh dollarini (AQSh dollarining ushbu paytdagi kursi 1 760
so‘mga teng bo‘lgan) tashkil qiladi. Bu erda yanvar oyining
uchinchi dekadasi uchun
byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa quyidagicha aniqlanadi.
3 fevraldagi AQSh dollari so‘mga
nisbatan,
faraz qilaylik, 1 795 so‘mni
tashkil
qilmoqda.
Byudjetga hisoblanadigan: 35 gr x 10 AQSh dollari = 350 AQSh dollari = 628 250
so‘m.
Hisobga olinadigan aktsiz solig‘i summasi: 140 AQSh dollari = 246 400 so‘m.
Byudjetga to‘lanishi lozim summa: 628 250 - 246 400 = 381 850 so‘mni tashkil
qiladi.
Quyidagi operatsiyalar aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishda aktsiz solig‘i
solish ob’ekti hisoblanadi:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: