aks ettiradigan uslubiyotini yetishmasligi sababli, turli xil
buyurtmachilar tomonidan tayyorlangan loyihalar — ma’lumotlar
mazmuni,
aks ettirish formati, sifati va obyektivligi bilan bir-
biridan farq qilishi mumkin;
— loyihalarni baholash
uslubiyotining mavjud emasligi,
investitsion dasturga kiritish taklif etilgan loyihani tahlil etish
sifatini inson omiliga (tajriba, ko‘nikma, tahliliy qobiliyat,
xolis
yondoshuv, vijdonan ishlashga motivasiyaning mavjudligi kabi)
qaram qilib qo'yadi;
— loyihalarni tanlashning barcha mezonlari (moliyaviy va
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bundan mustasno) va ulami
amalda qo‘llash subyektiv, hamda baholash natijalari turlichadir;
ushbu mezonlarni qollash natijasida turli xildagi xulosalarga
kelish mumkin, ya’ni ko‘rilayotgan loyihani investitsion dasturga
kiritish ham, kiritmaslik ham mumkin.
Um um lashtiradigan b o ‘lsak,
ushbu omillar investitsion
dasturga kiritish uchun taqdim etilgan har qanday loyihani uni
ko‘rib chiqayotgan mutaxassis (idora)ning fikriga ko‘ra ijobiy yoki
salbiy baholanishi uchun teng imkoniyatga ega.
Investitsion dasturning idoralararo kelishuv asosida tashkil
etilishi, tanlovda yo‘l qo‘yiladigan
subyektiv yondashuvni ancha
pasaytirsada, uni butunlay bartaraf eta olmaydi.
Jumladan, investitsion dasturni ishlab chiqish chizmasiga
binoan, unga so‘ngi tuzatish 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining kompleks (bolim)lari
tomonidan berilgan taklif
asosida amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi VMining 12- sentabr 2003- yildagi
395-sonli qarorining 4-ilovasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Investitsion dasturini shakllantirish tartibi to ‘g‘risidagi yo‘riq-
nomaga asosan kiritilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlar chegarasini,
m asalan, boshqa idoralar tom onidan dasturdan chiqarib
tashlangan loyihalarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan
qaytadan
dasturga kiritish mumkinligi, loyiha qiymatini yoki boshqa
ko‘rsatkichlarini o ‘zgartirish kiritish imkoniyatlarini aniq belgilab
bermaydi.
Dostları ilə paylaş: