səhifə 8/12 tarix 25.12.2023 ölçüsü 87 Kb. #193867
00..
b) dars mashg‘ulotlarida :
- tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish ;
- vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash va qaratish;
- o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash; sanitariya-gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish ;
d) tanaffusda:
- o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
- navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish;
- fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash ;
- katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash;
e) ta’lim muassasasi oshxonasida:
- ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;
- umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish ;
- taomlarni olishda “navbatga turish” tartibiga rioya qilish va imkoni boricha ijtimoiy masofani saqlash ;
- tirbandlik holatida ustozlar, o‘zidan kichiklarga va qizlarga hurmat
ko‘rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish;
- oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol qilish;
- ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish;
f) ta’lim muassasasi kutubxonasida:
- kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; • - kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;
g) sport zali (majmuasi) da:
- sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyabzalda kirish ;
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
- mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish ;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: