43
Protsessorni rejalashtirish uchun ma’lumot (jarayon stekiga
ko‘rsatgich, jarayon raqami);
Xotirani boshqarish uchun ma’lumot (jarayon
xotira
maydonining chegaralari);
Resurslar (jarayon bajarilishi uchun ajratilgan);
Hisob ma’lumotlari (e’lon qilingan ijro vaqtidan qolgan
jarayonning
umumiy bajarilish vaqti, jami kiritish/chiqarish vaqti va
boshqalar);
Kiritish/chiqarish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ochiq
fayllar ro‘yhati).
Jarayonni boshqarish bloki tuzilishi 2.4- rasmda ko‘rsatilgan.
2.2. Operatsion tizimdagi oqimlar va ularning turlari
Oqim – bu
operatsion tizimning mohiyati, protsessorda
ko‘rsatmalar to‘plamini
bajarish jarayoni, aniqrog‘i dastur kodi.
Oqimlarning umumiy maqsadi ikki yoki ko‘plab turli xil vazifalarni
protsessorda parallel bajarishdir.
2.5- rasm. Bitta oqimli bitta jarayon, uchta oqimli bitta jarayon
ko‘rinishi
44
Oqim o‘zining
kod segmenti, ma’lumotlar segmenti va ochiq
fayllarini teng huquqli oqimlari bilan almashadi.
Agar bir oqim kod
segmentining xotira elementini o‘zgartirsa, qolgan barcha oqimlar
buni ko‘radi. Oqim yengil jarayon deb ham ataladi.
Oqimlar
parallellash orqali dastur samaradorligini oshirish usulini taqdim etadi.
Quyidagi rasmda bir oqimli va ko‘p oqimli jarayonlarning ishlashi
ko‘rsatilgan.
Oqimlar - bu klassik jarayonga mos
keladigan ishchi oqimlarni
kamaytirish hisobiga operatsion tizimning ish faoliyatini yaxshilashga
qaratilgan dasturiy yondashuv.
2.1- jadval. Jarayon va oqim o‘rtasidagi farq
Dostları ilə paylaş: