4.3§. Ikki chulg‘amli transformatorning almashtirish sxemasi Transformatorning elektromagnit hisobini osonlashtirish maqsadida uning chulg‘amlari orasidagi magnit bog‘lanishni elektr jihatdan bog‘langan holda tasvirlanishi (4.2,b-rasm) almashtirish sxema deb yuritiladi va uning tuzilmasi transformator ish jarayonini to‘la ifodalaydigan (4.17) tenglamalar tizimiga mos kelishi lozim. Simmetrik rejimdagi uch fazali transformatorda almashtirish sxema faqat bitta faza uchun quriladi.
Salt ishlash toki I0 = I0.a+ I0.r o‘tadigan magnitlovchi shoxobcha A–X (yoki a–x) bo‘lib, 4.3,a-rasmda birlamchi chulg‘am qarshiliklari (r1, x1) va ikkilamchi chulg‘am qarshiliklari (r2 va x2) tegishli chulg‘amlardan chiqarilib ularga ketma-ket ulangan. Keltirilgan transformatorda birlamchi va ikkilamchi chulg‘am EYuK lari o‘zaro teng (E1E2) bo‘lganligidan 4.2,a-rasmdagi «A» va «a» nuqtalarning, shuningdek, «X» va «x» nuqtalarning ham potensiallari bir xil bo‘lib, magnit bog‘langan sxemadagi (4.2,a-rasm) bir xil nomli nuqtalarni elektr jihatdan tutashtirib 4.2,b-rasmdagi sxema bilan almashtirishga imkon beradi.
Transformatorning salt ishlash rejimi uchun almashtirish sxemasida (4.2-rasm) chulg‘amlari elektr jihatdan bog‘langan almashtirish sxemada magnitlovchi konturdagi jarayonning fizik mohiyatini to‘la aks ettiruvchi aktiv va induktiv qarshiliklarning parallel ulangan zanjiri ko‘rinishida tasvirlangan. Hisoblarni osonlashtirish maqsadida qarshiliklari parallel ulangan magnitlovchi zanjirni ketma-ket ulangan zanjirga almashtiriladi (4.2,b-rasm). Buni transformatorning T–simon almashtirish sxemasi deyiladi va u amalda keng ishlatiladi. Almashtirish sxema quyidagi uchta shoxobchadan iborat:
1) birlamchi chulg‘amning qarshiligi Z1 va toki I1 bo‘lgan shoxobcha; 2) ikkilamchi chulg‘amning qarshiligi Z2 = va toki (–I2) bo‘lgan shoxobcha; 3) magnitlovchi konturning qarshiligi Z0 va toki I0 bo‘lgan shoxobcha.
Almashtirish sxemada Z1 va Z2 qarshiliklar o‘zgarmas deb qabul qilinadi, yuklama qarshiligi Zyu esa transformatorning ish sharoitida beriladi va o‘zgarib turishi mumkin. U1=const bo‘lganda Z0=const deb hisoblash mumkin.