7.2§. Avtotransformatorlar C hulg‘amlari elektromagnit bog‘lanishdan tashqari elektr bog‘lanishga ham ega bo‘lgan transformatorning bir turiga avtotransformator deb ataladi. Transformatorda birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga to‘la energiya elektromagnit vositasida berilsa, avtotransformator (AT)da to‘la energiyaning bir qismigina shu yo‘l bilan uzatilib, energiyaning boshqa qismi esa uning birlamchi va ikkilamchi zanjirlari elektr jihatdan ulanganligi tufayli bevosita beriladi.
Bu AT da elektr energiyani uzatish usulining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. AT lar kuchlanishni pasaytiruvchi va oshiruvchi, bir fazali va uch fazali, ikki chulg‘amli va uch chulg‘amli turlarga bo‘linadi. Agar AT chulg‘amining "AX" uchlarini tarmoqqa ulab, uning "ax" qismiga iste’molchi ulansa – pasaytiruvchi AT (7.4-rasm), agarda "ax" qismini tarmoqqa ulab, "AX" uchlariga iste’molchi ulanganda – oshiruvchi AT bo‘ladi.
Kam quvvatli (masalan, kuchlanishni rostlagich) AT ning bitta chulg‘ami bo‘lib, uning bir qismi ikkilamchi (yoki birlamchi) chulg‘am vazifasini bajaradi. Bu holda chulg‘am sirtidan sirpanuvchi kontaktlar yordamida ikkilamchi chulg‘am o‘ramlari sonini o‘zgartirib kuchlanish rostlanadi. Katta quvvatli yuqori kuchlanishli AT lar uchun chulg‘amlarning bunday konstruksiyasi to‘g‘ri kelmaydi, chunki kontaktlar katta tok yuklamasiga bardosh bera olmaydi. Shu sababli katta quvvatli AT larda elektr jihatdan ulangan o‘zakda bir xil balandlikda joylashtirilgan ikkita chulg‘ami bo‘ladi (7.5-rasm). AT ni amaliyotda bajaradigan vazifasi nuqtai nazardan o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘la ra-vishda namoyon bo‘ladi.
I sh l a sh p r i n s i p i. AT ning salt ishlash rejimidagi elektromagnit jarayon odatdagi transformatornikidan farq qilmaydi. Yuklama ulanmagan pasaytiruvchi AT ning (7.4-rasm) "AX" chulg‘amiga (o‘ramlar soni WAX) o‘zgaruvchan kuchlanish U1 berilganda undan salt ishlash toki I0.A o‘tib, transformatordagi singari o‘zinduksiya EYuK E1 ni hosil qiladi. Salt ishlashda shu chulg‘amning yuklama ulanadigan (o‘ramlar soni Wax) qismidagi EYuK Eax kelib chiqishiga ko‘ra o‘zinduksiya EYuK bo‘lib, EAX ning bir qismini tashkil etadi (Izoh: Transformator ikkilamchi chulg‘amida esa o‘zaro induktsiya EYuK hosil bo‘ladi).
Salt ishlash rejimdan AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kA, salt ishlash toki I0N.A, isroflari ∆P0N.A va almashtirish sxemasining parametrlarini aniqlash mumkin. AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kA quyidagicha aniqlanadi:
kA EYKEPK wAXwax U1/U2 . (7.7)
Pasaytiruvchi AT ga yuklama ulanganda chulg‘amining birlamchi zanjiridan I1, ikkilamchi zanjiridan esa I2 >I1 tok o‘tadi. Bu holdagi AT ning MYuK muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
I1w1 I2w2 I0 w1, (7.8)
bu yerda I0 – «A-X» chulg‘amdan o‘tuvchi magnitlovchi tok.
I1 I0 – I 2kA tok chulg‘amning faqat "A–a" qismidan o‘tib, ikkala chulg‘am uchun umumiy bo‘lgan "a–x" qismidan esa I1 va I2 toklarning geometrik yig‘indisiga teng bo‘lgan tok o‘tadi.
Iax I1 I2 I0 – I2 kA I2 I0 I2 (1–1kA) (7.9)
I1 va I2 toklar faza jihatdan deyarli 180 bo‘lgani tufayli (I0 0) ularni algebraik ayirma ko‘rinishida yozish mumkin:
Iax I2 – I1 . (7.10)
Bundan ko‘rinishicha, pasaytirilgan AT chulg‘amining umumiy qismi "a-x" bo‘yicha o‘tayotgan tok Iaxbirlamchi zanjir toki I1 ga teskari, ikkilamchi zanjir toki I2 bilan esa mos yo‘nalgan bo‘ladi.
Agar AT ning transformatsiyalash koeffitsienti 1 ga yaqin bo‘lsa, I1 va I2 toklar bir-biridan kam farq qilib, ularning ayirmasi kichik qiymatni tashkil etadi. Bu hol AT chulg‘amining umumiy (a-x) qismini kesim yuzasi kichik bo‘lgan simdan tayyorlashga imkon beradi.
AT da chulg‘am ikkilamchi zanjirining chiqishidagi to‘la quvvat S2 ni "o‘tuvchi quvvat (So′t)" deyiladi. Bundan tashqari, birlamchi zanjirdan ikkilamchisiga magnit maydoni vositasida uzatiladigan hisobiy (Sh Sem) quvvat ham mavjuddir. Buni hisobiy quvvat deyilishiga sabab shuki, ATning gabarit o‘lchamlari va og‘irligi shu quvvat kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Demak, AT da hisobiy quvvat o‘tuvchi quvvatning bir qismini tashkil etib, qolgan qismi esa elektr bog‘lanish hisobiga chulg‘amning birlamchi zanjiridan ikkiinchisiga uzatiladi, ya’ni:
So′t Se Sh . (7.11)