Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu
miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab
miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p
ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni
quyidagi 2-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining
kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi.
Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. 2-jadval. Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik. Bir kg go‘sht narxi (so‘m) 1 oy davomida go‘shtga
bo‘lgan yakka talab
miqdori (kg)
1 oy davomida go‘shtga
bo‘lgan bozor talabi
miqdori (tn)
80000
2
2
60000
3
3
40000
5
5
20000
8
8
10000
16
16
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq
talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (3-chizma).
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib
olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
68
so‘m
80000
70000
60000
50000
40000
30000
20000
10000
0
P
D
D
2,0 3,0 5,0 8,0 10,0 16,0 Q, tonna