287
bo‘lsada,
faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar
xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi
shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat
ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo‘lgan
mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan
yutuq hajmi mazkur
tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga,
mazkur tovarning xalqaro
aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq.
Xalqaro savdoda
tovarlarning eksport tarkibi
fan-texnika revolyusiyasi va
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgaradi.
Hozirgi
davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari
yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4
qismi to‘g‘ri keladi.
Oziq-ovqat, xom-ashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini
tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: