Sinxron dvigatellarning stator o‘ramida o‘zgaruvchan tok hosil qilgan magnit maydoni rotor o‘ramidan o‘tgan o‘zgarmas tok magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotor aylanadi. Sinxron dvigatelning rotori ma’lum tezlik bilan aylanishi kerak.
Sinxron dvigatelni ishga tushirish va uning rotorini ma’lum darajagacha aylantirish uchun boshqa dvigateldan foydalanish kerak. Shu kamchiligi bo‘lganligi uchun u amalda kam qo‘llanadi. Sinxron generatorlar asosan un tegirmonlari, kimyo korxonalari va maxsus sohalarda ishlatiladi.
Asinxron dvigatellar barcha sohalardagi mashina, mexanizmlarda ishlatiladi. Bu dvigatellar shuning uchun ham juda keng tarqalgan. Asinxron dvigatellar stator o‘ramidan o‘tgan elektr toki o‘zgaruvchan elektr maydoni hosil qilishi hisobiga ishlaydi.
Uch fazali elektr dvigatellarida o‘ramlaridan o‘tgan o‘zgaruvchan elektr toki aylanuvchi magnit maydonini hosil qiladi (111-rasm). Bu o‘ramlar bir-biridan 120° surilgan holda joylashtirilgan. Toklar ham bir-biridan shu gradusga surilgan. Uchta magnit maydoni qo‘shilib, umumiy magnit maydoni hosil qiladi va stator ichida aylanadi. Bu magnit maydoni rotor o‘ramida tok hosil qilib, rotorni aylantiradi.
111-rasm. Uch fazali asinxron dvigatelning tuzilishi: a – umumiy kesimi; b – qisqa tutashgan rotor; d – stator va rotorning ko‘ndalang kesimi: 1, 11 – podshipniklar; 2 – val (o‘qi); 3, 9 – podshipnik shitlari; 4 – sim uchlari
chiqarilgan quticha; 5 – rotor serdechnigi; 6 – stator serdechnigining o‘zagi; 7 – stator korpusi; 8 – stator o‘ramlari; 10 – ventilator; 12 – kojux; 13 – qirralari; 14 – o‘qlari; 15 – yerga ulash bolti.
112-rasm. Asinxron dvigatelning bir qavatli o‘ramlari: a – o‘ramning yoyilgan sxemasi; uch fazali; qutblar soni 2p=4; har bir qutbga pazlar soni va fazaga q=2; b – yon tomoni; d – stator fazalarida g‘altakning joylashishi;
e – o‘ramning yoyilgan sxemasi, juft qutblarning soni toq bo‘lganda (m=3; 2p=6; q=1); f – yon tomoni;
g – fazali rotor; bir qavatli g‘altak o‘rami, qayiltirilgan holda;
h – bir qavatli o‘ramning yumshoq g‘altagini joylashtirish; i – bir xil g‘altakli o‘ramlarni joylashtirish
(m=3; 2p=4; q=2); j – yon tomoni; k – bir xil g‘altak o‘rami yuza tomoni qismining joylashishi.