61
Electronic Workbench da modellash tizimi
Ma’lumki, sxemotexnik modellashtirishning
Electronic Workbench
tizimi
elektr sxemalarini modellashtirish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Ish
boshlanishida ekranning asosiy qismini dastlab bo‘sh bo‘lgan maydon egallaydi.
5.1-rasm. Electronic Workbench muxitining asosiy boshqarish panellari.
Tizim oynasining yuqori qismida xarakterli bo‘lgan beshta panel quyidagi
tartibda ko‘rsatilgan:
1-sarlavxali qator
– tizimning nomi ko‘rsatilgan qator;
2-buyruqlar qatori
– turli buyruqlarga ega bo‘lgan podmenyu(ostmenyu)ga
bosh menyu bandlari qatori (sichqoncha bilan bosh menyuning istalgan punktiga
bosib pastga yoyiladigan mos menyularni ekranda ochish mumkin);
3-instrumentlarning standart paneli
– tizim bilan ishlaganda eng muhim
bo‘lgan buyruqlarni bajarishni ta’minlovchi tugmachalarga ega bo‘lgan panel;
4-komponentlar paneli
–elementlar va asboblar kutubxonasi;
5-nomlanish qatori
– fayl nomining qatori.
Yuqori o‘ng burchakdagi 6-tugmacha (5.1-rasm) – modellashni ishga
qo‘shadi (tahlilning boshlanishi), 7-tugmacha – modellashni to‘xtatadi.
Dostları ilə paylaş: