9.3-rasm. Sathni o‘lchash elektrli vositalarining sxemalari.
147
Sig‘imli sath o‘lchagich o‘lchashlarning 0 - 0,4 dan 0-20 m gacha poyonida
o‘lchashlarni sathning ishchi muhit harorati -60 dan to +100
o
C gacha va ishchi
muhit bosimi 2,5 – 10 MPa gacha, aniqlik sinflari 0,5; 1,0; 2,5 qilib ishlab
chiqiladi.
Ko‘rib chiqilgan sezgir elementlar bazasida
ishlab chiqilgan portlashga
xavifsiz “neftmaxsuloti – suv” suyuqliklar va boshqa turli qiymatli nisbiy
dielektrik singdiruvchanlikka ega suyuqliklar va boshq. bo‘linish sathini
signalizatorlari(xabar bergichlari).
To‘kiluvchan(donador) muhitlar sig‘imi, sathini o‘lchagich ishlab chiqilgan.
Sath o‘lchagichlarning yuqoridagi o‘lchashlar chegarasi 4 – 20 m,
aniqlik sinfi
2,5.
Sathning konduktometrik signalizatori(xabar bergichi). Ushbu rusumli sath
o‘lchagich elektro‘tkazuvchan suyuq muhitlar va to‘kiluvchan(donador)
materiallar
sathni
signalizatsiyasi(xabar
berishi)
uchun
mo‘ljallangan.
Suyuqlikning yuqorigi chegarasidagi sathning signalizatori(xabar bergichi) sxemasi
(9.3-rasm, c) rasmda keltirilgan. Sxemaga mos ravishda sath h qiymatga
erishganida 1 elektrod va texnologik asbobning korpusi oralig‘idagi elektrli
zanjir berkiladi(qisqa tutashadi). Mazkur holatda o‘zining
kontaktlari bilan
signal(xabar)
berish
sxemasiga
ulangan
2
rele
ishga
tushadi.
To‘kiluvchan(donador) muhitlar sathning konduktometrli signalizatori(xabar
bergichi) ishlashi qarab chiqilganlarga o‘xshash bo‘ladi. Konduktometrli
signalizatori(xabar bergichi)da qo‘llanadigan elektrodlar maxsus markali
po‘latdan yoki ko‘mirdan
tayyorlanadi, bunda ko‘mirli elektrodlar faqatgina
suyuq muhitlar sathnini o‘lchashda qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: