Kuzatish uchun ma'lumotlaringizni yig'ishdan voz kechish Cookies fayllari va boshqa kuzatuv/yozuv vositalarini yo'q qilish yoki o'chirib qo'yish bo'yicha
qo'llanmalar bilan o'z mobil moslamangizda yoki brauzeringizning texnik ma'lumotida tanishib
olishingiz mumkin. Ba'zi bir mobil moslamalarda kuzatuv mexanizmlarini yo'q qilish yoki o'chirib
qo'yish ko'zda tutilmagan bo'lishi mumkin. Shunga e'tibor beringki, cookies fayllari va/yoki
boshqa kuzatuv vositalari o'chirib qo'yilsa, «Humans» guruhi kompaniyalari va uning tahlil
bo'yicha mutaxassislari Sizning Servislardan foydalanish bilan bog'liq brauzerdagi
faoliyatingizni kuzatish imkonidan mahrum bo'ladi. Biroq shu bilan birga, Servisning ba'zi
xizmatlaridan foydalanish imkoni ham yo'qolishi mumkin. Cookies fayllarini saqlab qolish va
boshqa kuzatuv/yozuv vositalaridan foydalanishdan bosh tortish bilan bog'liq barcha
savollarni bizga,
privacy@humans.net
elektron pochta manzilimizga jo'natishingizni
so'raymiz. O'z Foydalanuvchilarimizning maxfiylik borasidagi manfaatlarini hurmat qilishimizga
qaramay, biz Sizning brauzeringiz yoki moslamangizdan kelgan "Kuzatilmasin" signaliga javob
bera olmaymiz.
Ma'lumotlaringizni oshkor qilish Biz hech qanday cheklovlarsiz o'z foydalanuvchilarimiz to'g'risidagi umumlashtirilgan
ma'lumotni, shuningdek maxfiy bo'lmagan ma'lumotlarni ochishga haqlimiz.
Biz shaxsingizga oid bo'lgan, o'zimiz yiqqan yoki quyidagi Siyosatda ta'riflangan tartibda Siz
tomondan taqdim etilgan ma'lumotlarni quyidagi holatlarda oshkor qilishga haqlimiz:
Keng jamoatchilikka hamda Servisning boshqa qatnashchilariga. Siz Servisning umumiy
foydalanish zonalarida joylashtirgan Foydalanuvchi kontenti va boshqa kontentlar
Servisning boshqa foydalanuvchilariga hamda boshqa shaxslarga ko'rinadi. Аgar Siz
shaxsingizga oid ma'lumot barchaga ko'rinishini istamasangiz, bunday ma'lumotni taqdim
qilmasligingizni so'raymiz. Bundan tashqari, agar Siz blogimizda foydalanuvchi
materiallarini joylashtirsangiz yoki ijtimoiy tarmoqlarimiz sahifalarida sharh qoldirsangiz,
Sizning ma'lumotingiz, aynan ism va familiyangiz, yashayotgan mamlakatingiz va yozgan
sharhlaringiz Servislarimizda va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda aks etishi mumkin.
•
Servisning boshqa foydalanuvchilariga. Biz ma'lumotlaringizni Siz Servislarda aloqa
qiladigan yoki o'zaro munosabatda bo'ladigan uchinchi shaxslar bilan, masalan,
Provayder bilan almashamiz. Siz kim bilan aloqa qilish va qanday ma'lumotni almashish
haqida mustaqil ravishda qaror qabul qilasiz.
•
So'rovingiz bo'yicha uchinchi shaxslarga. Misol uchun, Sizga elektron xat, matnli xabar yoki
turli ijtimoiy tarmoqlar orqali kontent yoki o'z harakatlaringizni Servisda do'stlaringiz bilan
o'rtoqlashish imkoniyati berilishi mumkin.
•
Sizga qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan mahsulot va xizmatlarni taklif qilayotgan uchinchi
shaxslarga (ixtiyoringizga qarab).
•
Kontragentlar, xizmatlar yetkazib beruvchilar hamda biz o'z faoliyatimizni
qo'llab-quvvatlashimiz uchun hamkorlik qiladigan uchinchi shaxslarga.
•
Аktivlarning birikishi, ajralib chiqishi, restrukturizatsiya qilinishi, qayta tashkil etilishi,
tarqatib yuborilishi, shuningdek ularning boshqa ko'rinishda sotilishi yoki qisman yoki
butunlay boshqaga o'tkazilishi (xoh u oddiy faoliyat doirasida, xoh bankrotlik, tugatish va
boshqa shunga o'xshash ishlar bo'yicha sudda ko'rilayotgan ishlar jarayonida (bizda
saqlanayotgan Servis foydalanuvchilarining shaxsiga doir ma'lumotlari o'tkazilayotgan
aktivlar tarkibiga kirgan hollarda) bo'lsin) munosabati bilan uchinchi shaxslarga;
•
Siz ko'zlab taqdim etgan maqsadlarga erishish uchun;
•
Ma'lumotni taqdim etish paytida Siz xabardor qilingan boshqa maqsadlarda; va
•
•
Sizning roziligingiz bilan.
Siz shaxsingizga oid ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga yetkazishdan bosh tortishingiz mumkin.
Buning uchun
privacy@humans.net
elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz kerak.
Shunga e'tibor beringki, shaxsingizga oid ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berishning imkoni
bo'lmasa, Siz Servisimiz orqali uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalana olmaysiz.
Аgar hattoki o'z ma'lumotlaringizni, mazkur Siyosatning ushbu bo'limida ta'riflanganidek,
uchinchi shaxslarga berishga rozi bo'lmasangiz ham, Biz shaxsingizga oid ma'lumotlarni
quyidagi hollarda oshkor qilishga haqlimiz:
Sud qarorini, sud buyrug'ini bajarish yoki qonunga amal qilish, jumladan yuridik va
normativ majburiyatlarni bajarish doirasida.
•
Bizning muayyan Servisdan
foydalanish shartlarimizni
yoki ular asos qilib keltirgan
boshqa bitim va/yoki siyosatlarni qo'llash yoki ularning bajarilishini ta'minlash uchun.
•
Аgar ma'lumotni oshkor qilish «Humans» guruhi kompaniyalari, bizning mijozlarimiz, xizmat
yetkazib beruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlarini, mol-mulklarini yoki xavfsizligini
himoya qilish uchun zarur va maqsadga muvofiq, deb hisoblasak. Bunga firibgarlikdan
himoya qilish va kredit xavfini tushirish maqsadida boshqa kompaniyalar va tashkilotlar
bilan ma'lumot almashish kiradi.
•
Biz bir necha davlatlar hududida o'z affillangan jamiyatlarimizga ega bo'lgan xalqaro
kompaniyamiz. Servislarni ishlashini ta'minlash uchun biz sizning shaxsingizga oid
ma'lumotlarni affillangan kompaniyalarimizga, jumladan foydalanuvchilarning informatsion va
texnik yordam bilan ta'minlash, Servislarning informatsion tizimlariga texnik tomondan xizmat
ko'rsatish, o'rtamizda kelishilgan bitimni bajarish maqsadlarida yuborishimiz mumkin.
Аffillangan kompaniyalar o'rtasida ma'lumot yuborilishida biz guruhimiz kompaniyalarining
barchasida shaxsingizga oid ma'lumotlarni himoya qilishning texnik, ma'muriy va tashkiliy
choralarini ishlatishni kafolatlaymiz.