19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi – ijtimoiy
psixologiya metodini tushunish umumiy psixologiya va sotsiologiya predmetini
tushunishga bog‘liqligini o‘rganish, psixologiya va sotsiologik adabiyotlarda ijtimoiy
psixologiya predmetini birdek tushunish yo‘qligini tahlil qilish, ijtimoiy psixologiya
predmetiga nisbatan mavjud uch nuqtai nazarni o‘rganish,
ijtimoiy psixologiyaning
boshqa fanlar, psixologiyaning boshqa turkumlari bilan munosabati, ijtimoiy
psixologiya predmeti tushunchasi, tarixni tanqidiy analiz qilish va chet ijtimoiy
psixologiyasidagi nazariyalarning, oqimlarning
mohiyatini ochib berish, boshqaruv
psixologiyasiga oid bilimlar, kategoriyalar va tushunchalarni o‘zlashtira oladigan
malakali mutaxassislar tayѐrlash taʼlim tizimining negizi hisoblanadi.
19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligining vazifasi –
ijtimoiy psixologiyaning predmeti, ijtimoiy psixologik qarasharning rivojlanish
tarixi, fanning
metodologiyasi va metodlari, ijtimoiy psixologiyaning asosiy
yo‘nalishlari, ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi, muloqot psixologiyasini
o‘rganishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun
ijtimoiy psixologiya fani bo‘yicha
– ijtimoiy
psixologiyaga kirish, ijtimoiy psixologik g‘oyalar
shakllanishi tarixi, ijtimoiy
psixologiya metodologiyasi va metodlari, ijtimoiy psixologiyaning asosiy
yo‘nalishlari, ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi, ijtimoiy va shaxslararo
munosabatlar, shaxslararo munosabatlar
va ularning kechishi, shaxslararo
munosabatlarda shaxs agressivligi muammosi, muloqot psixologiyasi, ijtimoiy
psixologiyada guruhlar muammosi,
kichik guruhlar psixologiyasi, olomon
psixologiyasi, guruh sharoitida zamonaviy o‘qitishning pedagogik va psixologik
texnologiyalari, ijtimoiy rol, shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy ustanovka,
liderlik va
boshqaruv, tatbiqiy ijtimoiy psixologiya,
etnopsixologiyasi fani bo‘yicha
–
etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari, etnopsixologiya fanining
shakllanish tarixi, etnopsixologiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha yaqin xorij
mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, etnos va millat tushunchalarining qiyosiy
tahlili, etnos va shaxs, milliy
xarakter va etnik identiklik, milliy psixika, etnik
ramzlar va madaniyat, etnik stereotiplar va ularning turlari, etnik o‘zaro
munosabatlarning xususiyatlari, etnik nizolar va etnosentrizm bo‘yicha
bilimlarni
oshirish va ko‘nikma hosil qilishlari zarur.
19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch
doktoranturaga kiruvchi da’vogarlar uchun 2 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Ijtimoiy
psixologiya”, “Etnopsixologiya” fanlaridan savollar bazasi shakllantirilgan.
Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.