parda deyiladi. Qorin devorlari va qorin parda orasida qo’shuvchi to’qima qavati bor. Unda
ozmi-ko’pmi yog’ to’qimasi,
tela subserosa bor.
Parietal qorin parda qorinning oldingi devorining pastki qismida beshta burma hosil
qiladi. Bu burmalar kindikka yo’nalgan; o’rtadagi toq burma
plicae umbilicalis mediana va
ikkita juft burmalar
plicae umbilicales mediales va
plicae umbilicales laterales deyiladi. Bu
sanalgan burmalar chov boylamidan yuqorida chap va o’ng tomonda ikkitadan chov
chuqurchalari
fossae inguinales ni chegaralaydi. CHov boylamining medial qismi ostida,
fossa
femoralis bo’lib, son kanalining ichki halqasiga to’g’ri keladi. Kindikdan yuqorida esa, old
devor va diafragmadan jigarning difragmal yuzasiga o’tadi va
lig. falciforme hepatis ni hosil
qilib, uning old qismida
lig. teres hepatis bitib ketgan kindik venasi joylashadi.Qorin parda
o’roqsimon boylamning orqa tomonida diafragmadan jigarning diafragmal yuzasiga o’tib,
jigarning tojsimon boylami
lig. coronarium hepatis hosil qiladi. Jigarning tojsimon boylami
jigarning chap va ung chetlarida uchburchaksimon boylamlar
lig. triangulare dextrum et
sinistrum ni hosil qiladi. Jigarning diafragmal yuzasidan uning oldingi o’tkir qirrasi orqali
vistseral yuzasiga o’tib, bu yerdan boshqa a’zolarga: o’ng bo’lakdan o’ng buyrakning yuqori
uchiga o’tib
lig. hepatorenale, jigar darvozasidan oshqozonning kichik egriligiga tortilib
lig.
Dostları ilə paylaş: