Bioreaktorlar. Biotexnologik jarayonning asosiy elementlaridan biri-bioreaktor ya'ni fermenter. Bioreaktorning vazifasi-mikroorganizmlar, hujayra va to'qimalarni o'stirish uchun optimal sharoit yaratish.
Mikroorganizm hujayralarini shiddat bilan aralashtirish mumkin. Ularni kerakli aeratsiya bilan ta'minlasa ham bo'ladi. Sut emizuvchilar, hasharotlar va o'simlik hujayralari esa mehanik ta'sirlarga chidamsizroq (o'stirish usulidan qat'iy nazar).
Bioreaktorda ma'lum bir jarayon olib borilayotganda undagi komponentlar geterogen sistema ko'rinishida bo'ladi. Bunday sistema hujayralar suspenziyasi va gazlardan iborat. Bunday sistemada fazalararo issiqlik va massa almashinuvini ta'minlash zarur. Shundagina produtsentlarni o'stirish, shuningdek, mahsulot biosintezi uchun optimal sharoit yaratilgan bo'ladi. Albatta bunda sterillikka va jarayonning iqtisodiy jihatdan tejamkorligiga ahamiyat berish lozim.
Bioreaktorlarning 3ta asosiy guruhi mavjud:
Aralashtirgichli bioreaktorlar
Barbotajli kolonnalar
Tashqi va ichki sirkulyatsiyali erlift biorektorlar
5-rasm. Turli tipdagi bioreaktorlarning soddalashtirilgan shemasi:
A-aralashtirgichli bioreaktor; B-barbotajli kolonna; C- ichki sirkulyatsiyali erlift bioreaktor; D- tashqi sirkulyatsiyali erlift bioreaktor. Strelkalar-kul'tural muhitni oqim yo'nalishi.
1-motor, 2-gazni chiqishi, 3-kul'tural muhit, 4-parraklar, 5-havo berish joyi, 6-gazni chiqishi, 7- kul'tural muhit, 8- havo berish joyi, 9-gazni chiqishi, 10-kul'tural muhit, 11-markaziy quvur, 12-havo berish joyi, 13-gazni chiqishi, 14-gaz-suyuqlikli separator, 15-kul'tural muhit, 16-havo oqimining yo'nalishi, 17-havo oqimining yo'nalishi, 18-havo berish joyi
Nazorat uchun savollar 1.Biotexnologik jarayon nima?
2. Biotexnologik jarayonlar shemasi necha blokdan iborat bo'ladi?
3. Sanoatda biotexnologik jarayonlar asosida mahsulot olish necha bosqichdan iborat bo'ladi?
4. Biotexnologiya va GMP.
5. Biotexnologiya sanoatida suv qanday tozalanadi?
6. Apoptoz va nekroz nima?
7. Fermentatsiya samaradorligini ohirishning qanday usullari bor?
8. Mikroorganizmlar o'sishi va nobud bo'lishi nechta fazani o'z ichiga oladi?
9. Kul'tural suyuqlikdan mahsulot qanday ajratiladi?
10. Biotexnologiya sanoatida ajratilgan mahsulot qanday mashinalarda qadoqlanadi?