Ulug’ ajdodlarimiz


Prezidentimiz Islom Karimovning Vatan himoyachilari haqidagi fikr -mulohazalaridan namunalar



Yüklə 8,88 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü8,88 Kb.
#212159
1   2
Turon mardlar Vatani (3) (2)

Prezidentimiz Islom Karimovning Vatan himoyachilari haqidagi fikr -mulohazalaridan namunalar:
Har qaysi davlat, har qaysi millat va xalq bugungi hayotini va yorug’, farovon kelajagini qurar ekan, avvalambor, turli yovuz kuchlardan, yomon ko’zlardan va harakatlardan o’z xavfsizligi va chegaralari dahlsizligini, tinch va mustaqil hayotini himoya qilish va mustahkamlashga alohida e’tibor beradi.
Islom Karimov
O’z hayotini dunyodagi eng muhim va olijanob vazifa – Vatan himoyachisi degan sharafli kasbga bag’ishlagan insonlar esa davlatimiz va jamiyatimizda hamisha yuksak hurmat va ehtiromga munosib bo’lib qolajak.
Islom Karimov
Bu hayotni himoyalash kerak. Himoyalash deganda men nimani nazarda tutyapman? Tinchligimizni himoya qilishimiz kerak. Kelajak avlodimizni himoyalashimiz kerak. Oilamizning tinchligini himoyalashimiz kerak. Islom Karimov
Mening da’vatim – xalqimizning ana shunday e’tibori va g’amxo’rligiga hamisha munosib bo’ling, jondan aziz Vatanimizni, uning ozodligi va mustaqilligini ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, himoya qilishga qodir fidoyi, barkamol insonlar bo’lib yetishishga intilib yashang.
Islom Karimov
Hech qanday shubha yo’qki, qabih niyat bilan yurgan kimsalar har qancha urinmasin, ular yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka rahna sololmaydi, xalqimizning irodasini bukolmaydi, bizni o’z tanlab olgan yo’limizdan qaytarolmaydi.
Islom Karimov
O’z oldimizga qo’ygan buyuk va ezgu maqsadlarga erishish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash vazifasini bajarish avvalo o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning jipsligiga, kuchli irodasiga bog’liq.
Islom Karimov
Biz yurtimiz osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning faravon hayotini va yorug’ kelajagini ta’minlash uchun o’z oldimizga qo’ygan buyuk marralardan, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yo’lidan hech qachon qaytmaymiz va o’z yuksak maqsadlarimizga, albatta, erishamiz. Bizga Ollohning o’zi doimo madadkor bo’layotganiga, yo’limizni ochib berayotganiga bugun barchamiz ishonch hosil qilmoqdamiz va buning uchun ming bora shukronalar aytamiz. Mustaqillik yillarida el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan biz barcha sohalarda katta yutiqlarga erishdik. Hozirgi kunda yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, bu yutuqlarda mening ham munosib hissam bor, deb boshini baland ko’yarib yashashga, albatta haqlidir.
Islom Karimov
Yüklə 8,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin