58
XULOSALAR
1. Bodring o’simligiga katta xavf keltiradigan, issiqxonalarda ko’plab
tarqalgan zararkunandalar: kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den.et Schiff),
karadrina ( Sphodoptera exigua Nb), o’rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch),
issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw), poliz biti (Aphis gossypii
Glow), shaftoli biti (Myzodes persicae Sulz.), g’o’za oqqanoti (Bemisia tabaci
Genn), g’ovaklovchi pashshalar (Liriomyza sativae Blanch.) hisoblanar ekan.
2. Issiqxonalarda karadrina 2 ta, o’rgimchakkana 6 ta, oqqanot 5-6 ta, avlod
berishi kuzatilgan, bodringni karadrina, o’rgimchakkana, o’simlik bitlari ko’proq
zararlagan.
3. Issiqxonalarda bodringda o’rgimchakkana paydo bo’lishi bilan
oltinko’zni kanalarga qarshi 1:10 yoki 1:15 nisbatda qo’yish, kanalar miqdori
hosilga zarar yetkazadigan darajada bo’lsa, mikrobiologik preparatlardan
Ekzotoksinni har gektar maydonga 1,5 litrdan qo’llash mumkin ekan.
4. O’simlik bitlari paydo bo’lishi bilan oltinko’zni bitlarga qarshi 1:10 yoki
1:15 nisbatda gallisa afidamiza pashshasini 1:2 yoki 1:5 nisbatda qo’llash
mumkin ekan.
5. Xozirgi kunda issiqxonalarda g’ovak hosil qiluvchi pashshalarni miqdori
ko’p bo’lganda Vertimek 1,8% em.k. preparatidan – 0,6 l/ga, qo’llanganda 14-
kunga kelib eng yaxshi 97,28 % biologik samaradorlikka erishilgan.
6. Bodringda karadrina qurtlariga qarshi Bitoksibasilinni har gektar
maydonga 2,0 litrdan qo’llash, zararkunanda sonini 87,7% kamaytirgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com