Ulug‘bek xazinasi



Yüklə 16,11 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü16,11 Kb.
#95285
9-sinf adabiyot CHSB platforma uchun


1.”Ulug‘bek xazinasi” romanida usta Temur Samarqandiy qaysi hukmdorning qilichini yasab bergan edi?
2.Odil Yoqubovning 1956-yilda bosilib chiqqan nasriy asarlar kitobining nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
3.Omon Matjon qaysi she’rida zamon o‘zgarishi , vaqt o‘tishi bilan olamdagi barcha narsada evrilish yuz berishini o‘ta ta’sirli ko‘rsatib bergan?
4.Abdulla Oripovning tanlangan asarlari necha jildlik edi ?
5.Omon Matjon kimning g‘azaliga muxammas bog‘lagan ?
6.Men she’r yozsam,endi uni qog‘ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
Ushbu misralar muallifi kim ?
7.“Mening anchagina asarlarim,jumladan, “Bir o‘rim soch tarixi”, “Sayram baxshi aytimlari”,“Hindiqushdan nola keldi” she’rlarim,“Ilinj” dostonim aynan onayizorim ta’sirida bitilgandir ”. Ushbu so‘zlar kimning tarjimayi holidan olingan
8.Halima Xudoyberdiyevaning birinchi she’rlar majmuasi nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
9. Shavkat Rahmonning qaysi she’rida “ O‘rgimchak to‘qiydi tolalar, xonqizi boradi mehmonga “, “Chigirtka qayraydi ovozin” tasvirlari uchraydi?
10.“Hulvo”, “Uyg‘oq tog‘lar”,“Gullayotgan tosh” kabi asarlar muallifi kim ?
11.Shavkat Rahmonning qaysi she’rida lirik qahramonning: “ Bormi er yigitlar, bormi er qizlar” shaklidagi murojaati uchraydi?
12.Odil Yoqubov qalamiga mansub roman nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
13.Abdulla Oripov qachon Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotini olgan ?
14. “ Sohibqiron” dramasida “ Unutmagil muzaffarman haqligim uchun “ fikri kimga tegishli?
15.Xudoyberdi Doniyorovga bag‘ishlangan asarni belgilang .
16.“Ulug‘bek xazinasi”romanida “bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi” kim?
17.“Karvon qo‘ng‘irog‘i” asari muallifi kim ?
18.“Quyosh soati” asari muallifi “iqbolning buyuk kaliti” deb nimani ta’riflagan ?
19.Lorkaning ,,Eng qayg'uli shodlik'' asarini kim tarjima qilgan ?
20.Shavkat Rahmon “jasorat so‘zining tarjimasi “ deya nimani ta’riflaydi.
21.”Sohibqiron “ dramasida Amir Temur quyidagi fikrlarni kim haqida aytgan?
Agarda u bo‘lmasa edi
Kurashlarning va janglarning dolg‘alarida ,
Qayroq toshga aylanardi balki bu yurak.
22. “ Sohibqiron” dramasida “ Unutmagil muzaffarman haqligim uchun “ fikri kimga tegishli?
A.Amir Temurga B.Boyazidga C. Shohrux Mirzoga D. Mironshohga
23. Omon Matjonning qaysi she’rida:” Shu hayot tilsimlarin ochmoq Omonlar kasbikim “ misrasi uchraydi?
Yüklə 16,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin