I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Boylik nima degani? U munosib hayot kechirishga yordam beradimi?
2. Mol-davlat qachon o‘zini oqlaydi?
3. Boy bo‘lish uchun asosli sabab – maqsadni o‘ylaganmisiz?
4. Boylikni ortidan quvish kerakmi yoki baxtni?
Mulohaza uchun HAQIQIY BOYLIK NIMA? «Boylik» deganda, odatda, shaxs, jamoa, kompaniya yoki mamlakatga tegishli bo‘lgan jamiki mol-mulkning qiymatini tushunamiz. Ammo moddiy boylikning ortida nomoddiy boylik yotishini bilasizmi? Taniqli muallif Robert Kiyosaki «boylik» so‘ziga ta’rif berib, uni «Daromad keltiruvchi mulk», deydi. Unga ko‘ra ko‘pchilik boylik uchun o‘lchov deb bilgan hashamatli uy, qimmatbaho mashina yoki pul – boylik emas. Robert Kiyosakiga ko‘ra hayotni go‘zal qilayotgan omil, bu – nomoddiy boylik. Misol uchun, inson qobiliyatlari – ijodkorlik, kuch-g‘ayrat va maqsad. Insonning ijodkorligi, kuch-g‘ayrati va maqsadi o‘zini va boshqalarni boy qiladi.
Insonning qancha daromad qilishi bevosita sa’y-harakatlarining qiymati bilan bog‘liq. Misol uchun, dasturchi yaratgan mahsulot bahosi oshsa, uning daromadi ham oshadi. Kimningdir harakatlarining qiymati esa uning qobiliyati bilan bog‘liq. Qobiliyatga ega bo‘lish uchun esa inson o‘qib, ta’lim olishga muhtoj. Ya’ni, yaxshi ta’lim olib, biror iqtidorga ega bo‘lgan insonning daromadi boshqalarnikidan ko‘proq bo‘ladi. Nomoddiy boylik hisoblangan bilim va qobiliyat insondagi moddiy mol-mulkning ko‘payishiga xizmat qiladi. Demak, bugungi davrda boy bo‘lishni istaydigan inson uchun eng yaxshi yechim – yaxshi bilim olishdir.