O\'zbekiston Respublikasining Chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi togrisida
I. Umumiy qoidalar
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek jamoat tashkilotlarining ushbu sohadagi asosiy vazifalarini hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar hisoblanadi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi (keyingi o‘rinlarda “Vatanparvar” tashkiloti deb ataladi), O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi ushbu sohada hamkorlikni amalga oshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi (keyingi o‘rinlarda “Vatanparvar” tashkiloti deb ataladi), O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi ushbu sohada hamkorlikni amalga oshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) ikkinchi va uchinchi kurs o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb ataladi) chaqiriluvchilar hisoblanadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarining moliyalashtirilishini hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.
4. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (keyingi o‘rinlarda ChQBT deb ataladi) chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi.
5. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish, amalga oshirish, natijalarini nazorat qilib borish, ChQBTni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
6. ChQBT, fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari fani bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.
7. ChQBT jarayonida ta’lim muassasalari o‘quvchilari:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni, mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlash sohasidagi boshqa qonun hujjatlarining asosiy talablarini o‘rganishlari;
Keyingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asosiy vazifalarini, harbiy xizmatning ahamiyatini, harbiy qasamyodni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablarini anglab yetishlari;
Keyingi tahrirga qarang. fuqaro muhofazasi asoslarini, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini amaliy o‘zlashtirib olishlari;
harbiy qismlardagi mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikaning asosiy taktik va texnik tavsiflari, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati bilan tanishishlari;
zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika namunalarini qisqa muddatlarda o‘zlashtirib olishga shay bo‘lishlari;
o‘zlari bilan olib boriladigan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarni chuqur anglab yetishlari va o‘zlashtirishlari lozim.