Umumbashariy muammolar va ularning kelib chiqish sabablari
Umumbashariy muammolar va ularning kelib chiqish sabablari Jahon siyosati keng qamrovli, serqirra va xilma-xil xalqaro munosabatlar mazmuniga ega bo’lib borgani sari barcha umumbashariy muammolarni faqat “o’zining” tuzumi manfaatlari, faqat “o’zining” milliy-davlat maqsadi intilishlari nuqtai nazarida turib emas, balki hozirgi dunyoning birligi, yaxlitligi qonun-qoidalarini to’g’ri anglagan holda yechish yo’llarini topish ijobiy samara keltirib, maqsadga erishish imkoniyatini yaratib beradi.
“Xavfsiz dunyo, - deb ta‘kidladi Prezidentimiz I. Karimov, - umuman, butun insoniyat uchun ham, huquqlari uchun kurashda ozmuncha nayzasi sinmagan har bir inson uchun ham oliy maqsaddir. Bugungi kunda jahondagi ko’pgina mintaqalarda yuz berayotgan, odamlarni eng asosiy huquqi – yashash huquqidan mahrum qilayotgan qonli to’qnashuvlar to’xtatilmas ekan, inson huquqlari va insoniyat taraqqiyoti sohasida erishilgan yutuqlar to’g’risida jiddiy gapirib bo’lmaydi” (I. Karimov “Bunyodkorlik yo’lidan”. T., 1996 y, T-4, 35-bet).
Hozirgi jahon siyosatining o’ziga xos xususiyati shundaki, har bir davlat o’zining tashqi siyosatini belgilashi jarayonida boshqa mamlakatlarning ham maqsad manfaatlarini hisobga olishi shart. Bu davrning amri va talabidir.
Xozirgi davr muammolarini belgilab beruvchi ikki siyosiy moyillik – dunyo birligi va yaxlitligi aniq xisobga olingan holdagina to’g’ri xal qilish imkoniyati yaratiladi.
Dunyo miqyosida vujudga kelib, uz yechimiga muxtoj bo’lib turgan umumbashariy muammolar qo’ydagilardan iborat:
a) insoniyatni yadro xalokati xavfidan saqlash;
b) yalpi va umumiy tinchlikni ta‘minlash;
v) xayvonot va o’simliklar dunyosini asrash;
g) qashshoqlik, ocharchilikka qarshi kurash;
d) atrof-muxitni muhofaza qilish;
e) Rak va Spid kasalliklariga qarshi birgalikda kurash olib borish:
yo) Kam taraqqiy etgan mamlakatlarni ilg’or mamlakatlarning turmush darajasiga tenglashtirish.
Umumbashariy muammolar turli xildagi sabablarga ko’ra kelib chiqadi. Masalan, davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosatdagi milliy manfaatlar ustunligi ko’p hollarda muammo keltirib chiqaradi. Chunonchi, harbiy – qurol yarog’larni ishlab chiqarishni ko’paytirish jahonda xavfsizlik muammosini keltirib chiqaradi. Ocharchilik va qashshoqlik muammosi ayrim turdagi kasalliklarning kelib chiqishiga, jinoyatchilikning avj olishiga olib kelish mumkin. Orol fojiasi – umumbashariy muammo.
Bu muammolarni xal etishda davlatlar, siyosiy partiyalar,halqaro tashkilotlar va xarakatlarning axamiyati benixoya kattadir. Birinchi navbatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, yevropa xavfsizlik va xamkorlik kengashi (YeXXK) tashkilotarini roli kattadir.
Jaxon tsivilizatsiyasining istiqboli uchun ma‘suliyatning asosiy yuki besh davlat – AQSH, Rossiya, Xitoy, Angliya, Frantsiya zimmasiga tushadi.
Qarama-qarshi turishdan keng hamkorlik yo’liga o’tish, o’zaro ishonchning mustahkamlanib borishi umumbashariy muammolar yechimida sog’lom muhitni vujudga keltiradi. Umumbashariy muammolarni hal qilishda bunday hamkorlikning ahamiyatini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov BMT Bosh Assambliyaning 48-sessiyasidagi ma‘ruzasida quyidagicha ta‘riflagan edi.
“O’zbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan umumbashariy muammolarni hal etish bazasida hamkorlik qilishga tayyor. Umumbashariy muammolarga qarshi kurashda birgalikdagi kuch g’ayratlarni muvofiqlashtirish uchun Markaziy Osiyoda BMT ning mintaqaviy komissiyasini tuzilishini biz qutlagan bo’lur edik”. (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning BMT Bosh Assambliyasining 48-sessiyasidagi ma‘ruzasi. T. 1993 y, 25-bet).
Ikkinchi savol: Urush va tinchlik masalasi barcha zamonlarda bo’lgani kabi bugun ham insoniyatni behad tashvishga solib kelmoqda. Urushlar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosatning natijasidir. Urushlar hech qachon o’z-o’zicha kelib chiqmaydi. Biron-bir davlat yoki davlatlar guruhi mamlakat ichkarisi va xalqaro maydonda ro’y beradigan muammolarni iqtisodiy, siyosiy, madaniy, xarbiy diplomatiya yo’llari bilan hal qilolmagach, urush yo’li bilan hal qilishga harakat qiladi.
1. Urushlarning kelib chiqishiga mamlakat ichkarisida va xalqaro maydonda faoliyat ko’rsatuvchi ayrim siyosiy kuchlarning u yoki bu davlat siyosatiga ko’rsatadigan ta‘siri ham sabab bo’ladi. Masalan, asrimizning 60-yillarida AQSH ning Vetnam mamlakatiga qarshi olib borgan urush harakatlaridan shu mamlakat ichkarisidagi harbiy-siyosiy kuchlar manfaatdor bo’lgan edi. Amerikalik mashhur politolog Jeyms Rozengau o’zining “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” asarida AQSHning Vetnamga qarshi olib borgan urush harakatlari uning milliy manfaatlariga zid bo’lishi bilan birga, ko’pchilik amerikaliklarning noroziliklariga ham sabab bo’lganligini yozgan edi.
CHikago universitetining professori K. Rayt o’zining “Urushlar tadqiq qilish” asarida urushlarning kelib chiqish sababini quyidagicha ta‘riflaydi: “Urush hozirgi zamon tsivilizatsiyasida g’oyaviy jihatidan puxta ishlangan nutqlar, qoidalar, simvollar, ideallar sistemasi yordamida tarbiyalashga asoslanadi. Urushlar hozirgi davrda sharoitning yetilishidan emas, balki sharoitni o’ta sun‘iylik bilan izohlashdan kelib chiqadi”.
2. Urushlarning kelib chiqishiga ayrim davlat boshliqlarining shaxsiy tashabbusi va ularning xohish-irodasi ham sabab bo’ladi. Chingizxon, Napaleon, Gitler, Mussolini singari ko’plab tarixiy shaxslarning bosqinchilik yo’lidagi xohish-istaklari dunyoda eng dahshatli urushlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
3. Mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash ham urushlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bunday urushlardan kuzatilgan maqsad, har bir mamlakatning mustaqil yashashga bo’lgan intilishi bilan izohlanadi.
4. Urushlarning kelib chiqishiga u yoki bu davlatning tashqi siyosatidagi xatoliklari ham sabab bo’ladi. Bunday xatoliklarga bir davlatning boshqasiga nisbatan xudud da‘vo qilishi, ular o’rtasida imzolangan shartnomalarning buzilishi, xalqaro huquq normalariga amal qilmaslik kabi salbiy holatlarni kiritish mumkin. Iroq-Eron, Iroq-Quveyt, Isroil-Livan, Xitoy-Vetnam va boshqa ko’plab mamlakatlar o’rtasida kelib chiqqan urush harakatlar bunga misol bo’la oladi.
5. Urushlarning kelib chiqishiga milliy, irqiy kamsitishlar ham sabab bo’ladi. Bunday urushlar fuqarolik urushlari bo’lib, ko’pincha va asosan mamlakat ichkarisida olib boriladi. Bunday urushlarning kelib chiqishiga u yoki bu davlatning mamlakat ichkarisida olib boradigan siyosati ham sabab bo’ladi.
Urushlarni ularga xos umumiy, o’xshash tomonlariga ko’ra to’rtta asosiy turga ajratish mumkin:
1. Jahon urushlari.
2. Mahalliy urushlar.
3. Fuqarolik urushlari.
4. Milliy ozodlik urushlari. (Bu bosqinchilik maqsadlariga ega emas, qolgan uchtasi bosqinchilik va zo’ravonlik xarakteriga ega bo’ladi).
1. Urushlar ichida eng dahshatlisi jahon urushlaridir. Agar I jahon urushiga 1 mlrddan ko’proq aholiga ega bo’lgan 36 ta davlat qatnashgan bo’lsa, II jahon urushiga esa, 1 mlrd 700 mlndan oshiq aholiga ega bo’lgan 61 ta davlat jalb qilindi. Agar I jahon urushda harbiy harakatlar 14 ta mamlakat hududida olib borilgan bo’lsa, II jahon urushi esa 40 mamlakat hududida davom etdi. Agar I jahon urushida har yili 2 mln. jami 9 mlnga yaqin kishi halok bo’lgan bo’lsa, II jahon urushida esa, yiliga 10 10 mlndan oshiq, jami 50 mlnga yaqin kishi halok bo’lgan.
2. Mahalliy urushlar asosan ikki yoki undan ko’proq mamlakatlar o’rtasida olib boriladigan urushlardir. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o’tgan yarim asrdan ko’proq davr davomida dunyoda 40 tadan oshiq ana shunday urushlar bo’ldi. AQSH-Vetnam, Iroq-Eron, Hindiston-Pokiston.
3. Fuqarolik urushlari ham urushlarning dahshatli turlaridan biridir. Bunday urushlar asosan mamlakat ichida qarama-qarshi tomonlarning hokimiyat uchun olib boradigan kurashidan iborat bo’ladi. Keyingi yillarda Livanda, Afg’onistonda, Tojikistonda kelib chiqqan urushlar ana shunday turdagi urushlardir.
4. Milliy ozodlik urushlari bosqinchilik xarakterga ega emas. Bunday urushlar mamlakatning mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lishi qanday olib boriladi.
Keyingi yillarda dunyoning ayrim mamlakatlari, ayrim mintaqalarida va umuman xalqaro maydonda ro’y berayotgan chuqur siyosiy o’zgarishlar tinchlik uchun kurashning ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Tinchlik uchun kurash ishiga O’zbekiston Respublikasi ham munosib hissa qo’shmoqda. Prezidentimiz I. Karimovning BMTning 48 va 50 sessiyalarida so’zlagan nutqi buning misolidir. I. Karimov tinchlik va tinch-totuv yashash uchun kurashishlik zarurligi hamda uning ahamiyatini o’zining “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asosida shunday ta‘riflaydi:
Biz Sharq farzandlarimiz. Sharq mamlakatlarining qaeriga bormang, odamlar bir-birlari bilan uchrashganda, avvalambor “Assalomu alaykum” deyishadi. Ushbu kalom arabchadan olingan bo’lib, “Sizga tinchlik yor bo’lsin” degan ma‘noni anglatishini yashxi bilasizlar. “Salom”, ya‘ni “Tinchlik” so’zi Qur‘oni karimda 40 matra uchrar ekan. Bu muqaddas kitobning oyatlaridan birida shunday deyiladi: “Mehribon Parvardigor tomonidan odamlarga olqish ma‘nosida “tinchlik” so’zi aytilur”.
Hozirgi kunda tinchlikni izlab topish maqsadida xalqlar va davlatlarning olib borayotgan harakatlarini quyidagicha izohlash mumkin.
Birinchidan, dunyoning ayrim mamlakatlari va mintaqalarida siyosiy va harbiy mojarolar ro’y berib turibdi, qurolli to’qnashuvlar va urush harakatlari davom ettirilmoqda.
Ikkinchidan, qurol-yaroqlar ishlab chiqarish, ularning yangi turlarini yaratish sohasidagi ishlar hamon davom etmoqda, yadro sinovini to’xtatish eng o’tkir muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Uchinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik, sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovutlar kuchayib bormoqda.
To’rtinchidan, ayrim xollarda davlatlararo shartnomalarda ko’zda tutilgan talablar atayin buzilmoqda. Tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarda ko’zda tutilgan majburiyatlarni bajarish, takliflar qog’ozlarda qolib ketmoqda.
Beshinchidan, kollektiv xavfsizlik masalasiga hamma mamlakatlarda ham bir xilda jiddiy munosabatda bo’lmayapti.
Dunyoda mustahkam va barqaror tinchlikka erishishning muhim sharti ijtimoiy tuzumi turiga bo’lgan davlatlarning tinch-totuv yashashidir.
Tinch-totuv yashash har bir aniq holatda quyidagilarni bildiradi:
Birinchidan, har qanday nizoli masalalarni kuch ishlatish yoki zo’ravonlik yo’li orqali emas, balki ularni tinch siyosiy vositalar yordamida hal qilish.
Ikkinchidan, davlatlar o’rtasida tinch hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va uni butun choralar bilan rivojlantirish.
Uchinchidan, har bir davlatning suvereniteti va mustaqilligini amalda e‘tirof etish, uning ichki ishlariga aralashmaslik.
To’rtinchidan, g’oyaviy muxoliflikka yo’l quymaslik. Tinch sharoitning buzilishi ko’pgina g’oyaviy muxoliflikka bog’liq bo’ladi.
Beshinchidan, har qanday ko’rinishdagi diniy, milliy va irqiy kamsitishlarga qarshi kurash olib borish.
Toshkentda Markaziy Osiyoda Xavfsizlik masalalariga bag’ishlangan kengash-seminar 1995 yil 15 sentyabrda bo’lib o’tdi. Seminarda 31 davlat va 6 xalqaro tashkilot a‘zolari qatnashdi. Seminarda Yurtboshimiz “Mintaqada xavfsizlik va hamkorlik uchun” degan mavzuda so’zga chiqib shunday degan edi.
“Biz BMT 50 yilligi arafasida to’planib turibmiz. Bu uchrashuvni maqsadlarini juda qisqa bor-yo’g’i uch so’zda ifodalashga harakat qildik”. Bu: Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik.
Birinchisi – davlatlar va xalqlar o’rtasidagi tinchlik, o’zaro hurmat va ishonch, suverenitet va mustaqillikni so’zsiz tan olish, kuch ishlatishdangina emas, kuch ishlatish bilan qo’rqitishdan ham to’la voz kechishdir.
Ikkinchisi – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, islohotlar olg’a siljishi va amalga oshishining, inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida taraqqiyotga erishishining muhim sharti bo’lgan barqarorlikdir.
Uchinchisi – birinchi galda davlat va jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy jihatlarini rag’batlantiruvchi o’zaro foydali va teng huquqli sheriklik asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy integratsiya jarayonlaridan ibroat hamkorlikdir. (I. Karimov. Bunyodkorlik yo’lidan. 4 kitob, T. 1996 yil, 31-32 betlar).
Uchinchi savol: Terrorizm – insoniyat dushmani, taraqqiyot va yuksalish kushandasi. U XX1 asrning vabosi bo’lib, ma‘lum bir guruhning shaxsiy manfaatlari, o’z orzu-umidlari va g’ayrinsoniy hatti-harakatlarining majmuasidir. Bu so’z lotin tilidan olingan bo’lib, “qo’rquv”, “dahshat” ma‘nolarini ifodalaydi.
Avvalo, terror va terrorizm tushunchalarini bir-biridan farqlay bilish kerak. Chunki terror-asosan hokimiyat tomonidagi ayrim shaxslarga qarshi kurash vositasi, terrorizm esa umuman tuzumdan, hokimiyatdan norozi bo’lgan qatlamlarning hatti-harakatidir. Mazkur ikki harakat bir-biri bilan uzviy bog’liq.
Terrorchilik davlat yoki jamoat arbobining hayotiga suiqasd qilish bilan belgilanadi. Terrorizim esa-jamiyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat bo’lib, portlatish, o’t qo’yish, odamlarni sarosimaga solish, olib borayotgan siyosatni izdan chiqarishni maqsad qilib qo’yadi.
Xalqaro terrorizim esa – ijtimoiy xavfli bo’lgan va xalqaro miqyosda insonlar o’limiga, diplomatik aloqalarning buzilishiga, davlatlar, ularning vakillari o’rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishga olib keluvchi jinoyatdir.
Terrorizm haqida gapirganda uning kelib chiqish sabablarini ham ko’rib chiqish lozim. Birinchidan, hokimiyat tepasiga kelgan hukumatga muxolifatda bo’lgan kuchlar, partiyalar yoki shaxslar potentsial terrorizm bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, hukumat olib borayotgan siyosatdan norozilik kayfiyati ham terrorchilik aktlarini keltirib chiqarish mumkin.
Terrorizm insoniylikka qarshi jinoyatlarga o’xshab ketadi, chunki ular butun bir guruh kishilarni jismonan yo’q qilishga, uy-joylarni, korxonalarni barbod qilishga qaratilgan.
Mustaqillik arafasida, aniqrog’i 80-yillarning ikkinchi yarmida Sobiq Ittifoq hududida, jumladan O’zbekistonda ham vujudga kelgan demokratiya «o’yinlari» natijasi bo’lmish bu illat yillar o’tgan sari faoliyat doirasini, shaklini, ta‘sir etish yo’llarini o’zgartirib turdi. Biroq, mazmun-mohiyati o’sha-o’shaligicha qolaverdi – qon to’kish, zo’ravonlik yo’li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish.
Terrorizm bugungi kunda paydo bo’lgan emas, uning tarixi uzoq. U hamma vaqt insoniyat hayotiga tahlika va tahdid solib, turli g’arazli maqsadlarning, g’oyalar va xohish irodalarning timsoli sifatida yashaydi.
Terrorizm bugungi davrda kelib, o’zining vayronkor va buzg’unchi mafkurasi bilan turli xalqlarning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Bunday holatni biz yashab turgan mintaqada, bundan tashqari Yaqin Sharq, Shimoliy Kavkaz va boshqa joylarda kuzatish mumkin. Terrorizm va ekstremizm Prezidentimiz talqinidan kelib chiqadigan bo’lsak, hadsiz-hududsiz (eksterrtorial) millat, Vatan va, kerak bo’lsa mafkura bilmaydigan yovuz guruhlar timsolida namoyon bo’lmoqda.
Ma‘lumotlarga ko’ra, terror qanchalik dahshatli tusga ega bo’lsa, yovuz kuchlar uni shunchalik yuqori baholaydigan, bu birinchidan. Ikkinchidan, ilgari terror raqibi yoki dushmanini jismonan yo’q qilishga qaratilgan bo’lsa, bugun, afsuski, terror odam tanlamaydi. Uchinchidan, terror nihoyatda yashirin, katta tayyorgarlik bilan amalga oshirilayotganligi va bunda zamonaviy texnikadan keng foydalanayotganligi uning xavfini yanada kuchaytirmoqda. To’rtinchidan, garchi terrorizmga qarshi kurash tufayli terrorchilik harakatlarining miqdori kamaygan bo’lsa-da, ularda qurbon bo’layotgan insonlarning soni tobora ortib bormoqda. Toshkentdagi 16 fevral 1999 yil va No-Yorkdagi 11 sentyabr 2001 yil voqealari buning misolidir.
Xalqaro terrorchi va ekstremistlarning niyati aniq. Ular istiqlol yo’lidan borayotgan davlatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda mavjud bo’lgan g’oyaviy bo’shliqni o’z g’oyalari bilan to’ldirib, xalqimizni o’z siyosati, o’z hukmronligiga bo’ysindirishni orzu qilmoqdalar. Ularning maqsadi qo’yidagilardan iborat:
- islom xalifaligini tiklab, uning bayrog’i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga harakat qilish;
- yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq ittifoqqa birlashtirish g’oyasi;
- tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirish;
- axloqsizlikni yetib, xalqni ma‘naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlar;
- turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar (q: Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Oliy ta‘lim muassasalari uchun qo’llanma. Toshkent «yangi asr avlodi» 2001 yil, 110-bet).
Lekin terrorizmning ko’pchilik e‘tibor bermaydigan bir jihati bor. Uning asl maqsadi-o’ldirish emas, balki tiriklarni vahimaga solish va ularni ruhiy tushkunlikka tushirishdir. Qurbonlar – qurol, o’ldirish-usul, qo’rqitish – maqsaddir. Shu jihatlari bilan terrorizm boshqa qo’poruvchilik harakatlaridan tubdan farq qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 23 sentyabrda bo’lib o’tgan 48-sessiyasida Prezidentimiz I. Karimov jahon ommasi oldidaturgan xavf-terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashga da‘vat etib, «O’zbekiston ekstremizmi, terrorchilikni, har qanday diniy fanatizm va aqidaparastlikni qat‘iyan qoralaydi», - degan edi. Bu fikrlar II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasi (aprel 2004 yil) va XVI sessiyasi (dekabr 2004 yil)dagi ma‘ruzalarida yanada oydinlashtirildi. Dono yurtboshimiz faqat o’z xalqining tinchligi va osoyishtaligini emas, ayni vaqtda butun dunyo xalqlari taqdiri haqida tashvish bildirayotganligi aniq.
Terrorchilar o’zlarini qanchalik aqilli deb bilmasinlar, kalta o’ylashlari ularning «boshiga yetdi». Ular reja tuzayotganlarida o’z harakatlari aks samara berishi mumkinligini xayollariga ham keltirmaganlar. Insoniyatda qo’rquv o’rniga g’azab o’yg’ongani, parokandalik o’rniga jipslik tug’ilgani buning isboti hisoblanadi. Bugungi kunda terrorizmga qarshi kurashayotgan kuchlarga yordam bermaslik - terrorchilarga yon bosish bilan barobardir. Buni tushunib yetgan davlatlar terrorizmga qarshi harakatga bosh qo’shdilar. O’zbekiston Respublikasi shular jumlasidandir.
Jahon hamjamiyatining bunday faollashuviga ko’p jihatdan 11 sentyabr voqealari to’rtki bo’lgan bo’lsa, davlatimiz boshlig’i insoniyatni terrorizm xavfidan ancha ilgari ogohlantirgan edi.Respublikamiz Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari (1997 yil), YuNYeSKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisida so’zlagan nutqlari (1998 yil 6 noyabr), Afg’oniston bo’yicha «6+2» guruhi Tashkiliy uchrashuvi ochilishimarosimidagi chiqishlari (1999 yil 19 iyul), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istambul Sammitidagi ma‘ruzalari (1999 yil 18 noyabr), BMT Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqlari (2000 yil sentyabr), Shanxay hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlar rahbarlarining sammitidagi chiqishlari (2001 yil iyun), Oliy majlisning 7-sessiyasida «Terrorizmga qarshi kurashda birdam bo’laylik» deb O’zbekiston xalqiga murojaati (7 dekabr 2001 yil) buning yorqin dalilidir.
Respublikamiz rahbari aytilgan so’zlarni amaldagi ishlar bilan isbotlashni vaqti yetganligini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham xalqimiz barcha ko’rinishlardagi terrorizmga qarshi kurashda dunyodagi barcha sof niyatli kuchlar bilan birlashib, munosib hissani qo’shmoqda.
Hozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan o’zini xoli his qiladigan birorta qit‘a yoki davlatning o’zi yo’q. Bu xavfga qarshi kurashning o’ziga xos yo’llari va usullarini shakllantirish eng muhim masalaga aylanmoqda. «Ayni zamonda, - deya qayd qilib o’tgan edi. Prezidentimiz Oliy Majlisning XIV sessiyasida so’zlagan nutqida, - barchamiz bir tanu birj on bo’lib, terrorizm va ekstremizm xavfiga qarshi qat‘iyat bilan kurash olib borishimiz, «o’z uyingni o’zing asra» degan shiorning ma‘nosini keng va chuqur anglab, go’zal va betakror Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’iday saqlashimiz zarur» («Xalq so’zi», 29 aprel 2004 yil). Gap shundaki, Prezidentimiz I. Karimov dunyo muammolarini hal qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o’rtaga tashlagan yetuk davlat rahbari sifatida dunyoga tanildi. U butun jamiyat taqdiriga daxldor bo’lgan ulkan muammo- xalqaro terrorizm va narkobiznes aqidaparastlik va diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari bo’yicha 27-28 yanvar 2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo’shma majlisida aytgan fikrlari fikrimizning dalilidir ( qarang: «Xalq so’zi» 29 yanvar 2005 yil).
Xullas, har qanday global muammolarni bartaraf etish uchun insoniyatning barcha qatlamlari va guruh - etish uchun insoniyatning barcha qatlamlari va guruhlari muayyan mushtarak manfaatlar asosida jipslashishi zarur - bu birinchidan; ikkinchidan, insoniyatning barcha taraqqiyot bosqichlarida to’plagan tajribalarga asoslangan holda o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olish; uchinchidan, insoniyatning mushtarak manfaatlari qolgan har qanday manfaatlardan ustuvorligini e‘tirof etish.
Adabiyotlar ro’yxati: