3.3. Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kasallik rivojlanishi va patologik jarayonning o‘simlik hayot kechirishiga ta’siri kuchli darajada atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq, demak ushbu jarayonni muayyan agrotexnik usullar vositasida jilovlab turish mumkin. Patologik jarayon rivojlanishining xususiyatlari birinchi navbatda o‘simlik va parazitning xususiyatlari, undan keyingina atrof-muhitning kompleks sharoitlari bilan belgilanadi, shu sababdan o‘simlik kasalliklarini chuqur o‘rganish uchun tadqiqotlar uchta yo‘nalishda o‘tkazilishi lozim. Birinchidan, kasallik sabablarini bevosita o‘rganish, ikkinchidan, o‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchisi orasidagi munosabatlarni aniqlash, va uchinchidan, patologik jarayon rivojlanishiga atrof-muhit sharoitlarining ta’sirlarini o‘rganish lozim.
O‘simliklarni noqulay meteorologik sharoitlardan himoya qilishning profilaktik chora-tadbirlarining ta’siri ancha chegaralangan, ammo ba’zi agrotexnik tadbirlar har xil iqlim faktorlarining zararini kamaytiradi. Bulardan kuzgi ekinlarni tavsiya qilingan muddatlarda va chuqurlikda ekish, o‘g‘itlarning optimal miqdorlarini berish va boshqalar ushbu ekinlarning muzlash, dimiqish kabi kasalliklarining zararini kamaytiradi.
XULOSA O‘zbekiston Respublikasi o‘zining bahor-yoz-kuzgi yuqori haroratli tabiiy-iqlim sharoiti bilan amalda yil bo‘yi ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari mahsulotlarini yetishtirilishini ta’minlaydi. Ammo yozgi-kuzgi davrda oziq-ovqat ekinlari- boshoqli, sabzavot–poliz, bog‘, mevali hamda texnik ekinlari - g‘o‘za, kanop va boshqalarga zararli organizmlar yetkazadigan talofat ancha sezilarli bo‘ladi.
Zararli organizmlar xuruji va turli kasalliklar yer yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo‘jalik o‘simliklari rivojlanish davri va mahsulotlarni saqlash davomida hosilning juda katta qismi yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi yillari zararli organizmlar hosilning 60-80% ni nobud qilibgina qolmay, o‘simliklar, hayvonlar va insonda turli xavfli yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda keltirib chiqarishga ham sababchi bo‘ladilar. Shuning uchun ham zararkunanda va kasalliklarga qarshi uy-unlashgan kurash keng qo‘llaniladi.
O‘simliklarni kasalliklardan ishonchli himoya qilmasdan qishloq xo‘jalik sohasi samarali bo‘lishini va yuqori hosil olishni ta’minlash mumkin emas. O‘simliklarni himoya qilishda profilaktik, yoki fitosanitar (kasalliklarning oldini olishga qaratilgan) va terapevtik (davolovchi) chora-tadbirlar qo‘llanadi. Fitosanitar tadbirlar o‘simliklarni himoya qilishning negizidir. Ularga seleksion-urug‘chilik va agrotexnik usullar, davolovchilarga esa fizik-mexanik, biologik va kimyoviy tadbirlar kiradi.
Hozirgi paytda atrof muhitni himoya qilish nuqtay nazardan o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish eng qulay choradir. Bu tadbir ba’zi bir zararli turlarni qirib tashlashdan iborat emas, balki atrof muhitga zarar yetkazmaydigan holda ularningsonini eng kam miqdorda saqlab turishni o‘z oldiga maqsad qilib quyadi. Bunday yondashish o‘simliklarni himoya qilish ilgari yo‘l qo‘yilgan pestitsidlarni yoppasiga qo‘llash oqibatlarini tugatishga imkon beradi.
Keyinchalik shu narsa aniq bo‘lib qoldiki agrobiotsenozdagi boshqa mavjudotlar rivojlanishini nisbatga olmay turib, alohida turlarga qarshi kurash choralari o‘tkazish mumkin emas ekan. Shu sababli «uyg‘unlashtirilgan kurash» usulida shunday vosita va usullarni qo‘llash kerakki ular nafaqat zararli mavjudotlarni o‘ldirsin, balki foydali hashoratlarning saqlanishini va faolligini oshirsin.
Bu kurash yo‘llari oldingilaridan shu bilan farq qiladiki, pestitsidlar bilan ishlov berish ko‘pincha zararkunandalarning aniq miqdorini hisoblamay turib qirib tashlash choralarini o‘tkazmaslikni, bu choralarni faqat zararli hasharotlar me’yoridan yuqori bo‘lgan taqdirdagina taqozo etadi.
Bazi hollarda kurash choralarini dalalarning faqat zararkunanda miqdori o‘ta ko‘p bo‘lgan joylardagina o‘tkaziladi.
O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashuvchi kurash choralari parazit va yirtqich hasharoglar va boshqa zararli organizmlar sonini boshqarib turuvchi omillarni hisobga olgan holda o‘tkazish talab qilinadi.
Uyg‘unlashgan kurash sistemasini olib borishda chidamli navlarni yetishtirish va qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki chidamli navlarni yetishtirish zararli organizmlarni (zararkunandalar yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni) rivojlanishiga yo‘l bermaydi
Har qanday madaniy o‘simlik ekilgan maydonda barcha vegetatsiya davrida zararli organizmlarni urchitish mumknn. Masalan, har bir paxta dalasida erta bahorda ko‘kqurt tunlami, keyinroq esa shira, trips gommoz yoki ildiz chirishkagalliklari vaydo bo‘ladi. g‘uncha shonalash davridan boshlab o‘rgimchakkana, karadrina, ko‘sak qurti va boshqalar uchraydi Bularning barchasi birdan kurashishida o‘simlikniig tabiiy chidamliligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlikning zararlanish organizmiga nisbatan qarshi kurashish qobiliyatiga uning chidamligi deyiladi. Chidamlilik - bu o‘simlikning zararli orgaiizmiga iisbatan salbiy tasir natijasidir. Chidamlilik juda murakkab protses bo‘lib, birinchidai o‘simlikda zararli organizm uchun noqulay ekologik (mikroklimatik)sharoit vujudga kelsa, ikkinchidan zararli organizmda va shu o‘simlikka nisbatan salbiy fiziologik reaksiya vujudga kelib, ovqatlanish, tuxum qo‘yish va ovqatni hazm qilish borasida undan uzoqlashishga intiladi.