Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

7-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik
asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan
tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy
harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt besh yilga tuziladi;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (rezervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt
besh yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetishiga besh yildan kam
qolgan bo‘lsa, kamroq muddatga tuziladi.
(7-moddasining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning
ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tashi sharti bilan
kontraktlar tuziladi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning
kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni
o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin