Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə12/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Xrom (VI) ionining borligi yoki hosil bo`lganligini baholashda tekshiriladigan aralashmaga BaCl2 eritmasi tomiziladi, bunda BaCrO4 ning sariq cho`kmasi hosil boladi:
Ba2+ + СrO42-→BaCrO4


Temir (III) kationining reaksiyalari
Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo`ng`ir rangli bo`ladi.
O`yuvchi ishqorlar temir (III) tuzlari bilan qizil-qo`ng`ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho`kmani hosil qiladi:
Fe3+ + 3ОН- →Fe(OH)3
Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo`lganda toliq cho`kiadi.
Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar temir (III) ioni bilan qo`ng`ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho`kma hosil qiladi. Bu cho`kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi.
Rux kationining reaksiyalari
Rux tuzlari rangsiz bo`lib, ularga amfoterlik, chokmalar va komplekslar hosil qilish reaksiyalari xosdir.
O`yuvchi ishqorlar va rux tuzlari ta`sirlashuvidan kislotalar va ishqorlarda eriydigan (amfoterlik tufayli) iviqsimon Zn(OH)2 cho`kma hosil boladi:

ZnCl2 + 2KOH → Zn(OH)2↓ + 2KC1


Zn2+ + 2OH-→Zn(OH)2
Zn(OH)2 + 2HCl- → Zn2+ + 2C1- + 2H2O
Zn(OH)2 + 2NaOH-→ 2Na+ + ZnO22- + 2H2O
Sinkat ion alyuminat iondan farqli ravishda ammoniy xlorid yoki nitrat ta`siridan Zn(OH)2 cho`kmasi hosil qilmasdan, eritmada [Zn(NH3)4]2+ yoki [Zn(NH3)6]2+ kompleks ion shaklida qoladi:
ZnO22-+ 4NH4CI → [Zn(NH3)4]2+ + 2H2O + 4Сl-
Reaksiyani bajarish uchun rux tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga ishqor eritmasidaa tomchilab qo`shiladi, bunda oldin cho`kma tushadi, keyin esa u erib ketadi.
Ammiak eritmasi rux ioni bilan Zn(OH)2cho`kmasini yuzaga keltiradi, cho`kma mo`l reaktiv va ammoniy tuzlari ta`sirida erib, kompleks ion [Zn(NH3)4]2+ hosil qiladi.
Zn(OH)2 + 4NH4OH → [Zn(NH3)4](OH)2 + 4H2O
Ammoniy tuzlari ishtirokida NH4OH rux ionini mutlaqo cho`ktirmaydi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin