Umumiy kimyo


Analizni bajarish tartibi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə25/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Analizni bajarish tartibi. Tozalab yuvilgan byuks qopqog‘i ochiq holda quritish shkafida 30-35 daqiqa davomida doimiy massagacha quritiladi (byuksning yon tomonidagi xira doirasiga grafit qalam bilan belgi-raqam qo'yilgan bo'lgani ma’qul). Quritilgan byuksning qopqog'i yopilib, qisqich yordamida eksikatorga solinadi, so‘ngra byuksning qopqog‘1 ochiladi va eksikator berkitilib, tarozi yonida 20-25 daqiqa saqlangan holda sovitiladi. Sovigan byuksning qopqog'i yopilgandan so'ng tortish qoidalariga rioya qilib, analitik tarozida tortiladi. Doimiy massagacha (ikki tortish orasidagi farq 0,0001 g boiguncha) quritilgan byuksga 1,25-1,50 g massali modda solinib, analitik tarozida aniq tortiladi. Ichiga bariy xlorid kristallgidrati solingan byuks quritish shkafining o‘rta tokchalaridan biriga qopqog‘i ustiga yonboshlatib qo‘yilgan holda joylashtiriladi. Maksimal harorati 125 °C boigan sharoitda modda 2 soat chamasi quritish shkafida quritiladi. Jhundan so'ng qisqich yordamida byuks qopqog'i bilan oldindan tayyorlab qo'yilgan eksikatorga solinadi va tarozixona haroratigacha sovitiladi. Tarozixonada taxminan 20-25 daqiqa sovitilgan quruq moddali byuks qopqog'i yopilgan holda analitik tarozida tortiladi. Moddaning kristallizatsiya suvini to'liq yo'qotganiga ishonch hosil qilish uchun byuksning qopqog'ini oldingiday ustiga qo'yib, yana 1 soat quritish kerak bo'ladi. Ikkinchi bor quritgandan keyin byuks yana qopqog'i bilan eksikatorda tarozi yonida sovitiladi. Sovigan moddali byuksning qopqog'ini yopib yana tortganda tortish orasidagi massalar farqi 0,0002-0,0001 g bo'lishi kerak. Shunda modda doimiy massagacha quritilgan hisoblanadi. Agar quritish doimiy massagacha bajarilgan bo'lmasa, byuks moddasi bilan yana quritiladi. Barcha tortishlar natijalari laboratoriya jurnaliga aniq qilib yozib boriladi (uning namunasi quyida keltiriladi).
Eslatma. Agar quritish tugamasdan oldin ishni to'xtatishga to'g'ri kelsa, byuksni eksikatorga joylab, uning qopqog'ini zich yopib, qoldirish kerak.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin