Umumiy ma’lumotlar. Sinxron generatorning tuzilishi



Yüklə 396,38 Kb.
səhifə3/3
tarix07.06.2022
ölçüsü396,38 Kb.
#60838
1   2   3
Umumiy ma’lumotlar. Sinxron generatorning tuzilishi

elektr magnit sxemasi:
C1, С2 va С3 – stator cho‘lg‘amining chiqishlari; Q1, Q2 – qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining chiqishlari
Rotorning magnit maydoni, rotor bilan birgalikda aylanib, stator cho‘lg‘a-mi o‘tkazgichlarini kesib o‘tadi va stator cho‘lg‘ami fazalarida qiymati va chastotasi bo’yicha teng, ammo bir-biriga nisbatan faza bo’yicha 120° ga sil-jigan EYuK EA, EB va EC larni xosil qiladi.
Hosil qilingan EYuK larning chastotalari rotorning aylanish tezligiga to‘g‘ri proporsionaldir (9.1 qa qarang).
Stator cho‘lg‘amiga yuklama (energiya imte’molchisi) Zn ulanganda, generator zanjirida tok IA, IB va IC lar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, sinxron generator, birlamchi dvigatelning mexanik energiyasini iste’mol qilib, o‘zga-ruvchan tok elektr enegriyasini beradi.
Stator cho‘lg‘ami fazasining EYuK ni quyidagi, (7.9) ifodaga o‘xshash tarzda quyidagicha aniqlanadi:
E1 = 4,44f1 ω1kω1Ф, (9.3)
bunda, Ф – rotorning aylanuvchi magnit oqimi; ω1 – stator cho‘lg‘ami faza-larinign o‘ramlar soni; kω1 – stator cho‘lg‘amining cho’lg’am koeffitsienti.
Sinxron mashinalarning stator cho‘lg‘amlari qisqartirilgan qadamli taqsimlan-gan qilinadi (7.2 qa qarang), bu stator cho‘lg‘amlarida paydo bo‘ladigan EYuK ning egri chizig’idagi oliy garmonikalarni kamyishiga yordam beradi.
Sinxron generatorning chiqishidagi chiziqli EYuK Ech ning qiymati, statorning faza cho‘lg‘amlarini ulanish sxemasiga bog‘liq bo‘ladi: yulduzga ulanganda Ech = E1; uch bursakga ulanganda Ech = E1. 3
Sinxron generator, agar salt yurish rejimida ishlasa, unda uning stator cho‘lg‘amida tok bo‘lmaydi va generatorga, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami (rotor) ning toki xosil qiladigan faqat bitta magnitlovchi kuch Fq ta’sir qiladi.
Bu magnitlovchi kuch, generatorning magnit tizimida, qo‘zg‘atish magnit oqimini vujudga keltiradi. Ushbu oqim, rotor qutblarning o‘qi bo‘yicha yo‘na-gan va rotor bilan birgalikda tezlik n1 da aylanadi.
Yuklama Zn ulanganda, stator cho‘lg‘amlarining har bir fazasida o‘zgaruv-chan tok I1 paydo bo‘ladi va u yakor (stator) ning magnitlovchi kuchi Fa ni xosil qiladi. Agar generator uch fazali bo‘lsa, unda tok I1 lar tizimi statorning magnit maydoni Фa ni xosil qiladi. Bu magnit maydoni, rotor aylanadigan tomonga sin-xron tezlik n1 bilan aylanadi (7.7-rasmga qarang).
Shunday qilib, sinxron generator yuklama ostida ishlaganda, unga ikkita mag-nitlovchi kuch ta’sir etadi va ular ikkita magnit maydonini: qo‘zg‘atish magnit maydoni va yakor (stator) magnit maydoni xosil qiladi.
Mashinaning magnit maydonini yakor magnit maydoniga ta’siri yakor reak-siyasi deb ataladi.
Yakor reaksiyasini, sinxron mashinaning xossalariga ta’siri, o‘zgarmas tok mashinalarda bo‘lgani kabi, faqatgina yuklama toki I1 ga bog‘liq emas (1.7 ga qarang), balki yuklama xarakteriga, ya’ni stator toki va mashina EYuK orasidagi burchak siljishiga ham bog‘liqdir.
Misol uchun, mashinaning aralash aktiv-induktiv yuklamada ishlashi ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, unda, tok I1 faza bo‘yicha EYuK E1 dan ψ<90º burchakga ortda qoladi. Bunday yuklamada stator cho‘lg‘amining magnitlovchi kuchi Fa qutblar o‘qiga burchak ostida yo‘nalgan bo‘ladi. Bu xolatda, stator (rotor) ning magnitlovchi kuchi Fa ni bo‘ylama Fad va ko‘ndalang Faq tashkil etuvchilarga ajratsa bo‘ladi:
Fad = Fasinψ;
Faq = Facosψ.
Yakor cho‘lg‘amining magnitlash kuchini bo‘ylama tashkil etuvchisi Fad qutb-larning magnitlovchi kuchi Fq ga qarama-qarshi yo‘nalgan, ya’ni u mashinani mag-nitsizlantiradi.
Agar mashina to‘yinmagan bo‘lsa, magnitlovchi kuchlar xosil qiluvchi oqimlar mos ravishda magnitlovchi kuchlariga to‘g‘ri proporsional, va magnit-lovchi kuch-lar haqidagi barcha mulohazalar oqimlar uchun ham haqlidir.
Shunday qilib, yuklamaga ishlovchi to‘yinmagan sinxron generatorda ikkita magnit oqimi: qo‘zg‘atish oqimi Фq va yakor oqimi Фa mavjud bo‘ladi. Yakor oqimi Фa ni bo‘ylama o‘q bo‘yicha yakor oqimi Фad va ko‘ndalang o‘q bo‘yi-cha yakor oqimi Фaq larga ajratish mumkin. Ushbu asosiy magnit oqimlardan tashqari, yuklamadagi mashinada yana sochilish oqimlari: qo‘zg‘atish cho‘lg‘a-mining sochilish oqimi Фσq va yakor (stator) cho‘lg‘amining sochilish oqimi Фσa lari mavjuddir. Ushbu oqimlar, faqat o‘zlarini paydo etuvchi cho‘lg‘amlar bilan ilashadi va bu cho‘lg‘amlarning toklariga to‘g‘ri proporsionaldir.

Yüklə 396,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin