Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 2-sinflar uchun Tabiiy



Yüklə 1,88 Mb.
tarix12.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#112226
2-sinf Tabiiy fan (Science) O\'simlik organlari mavzusida dars ishlanma




____________ viloyati __________ tumani
Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
_____________________________ning
2-sinflar uchun
Tabiiy
fanidan


m avzusida dars ishlanmasi


Sana: _____________
Mavzu: O‘simlik organlari
Maqsad
Ta’limiy: O’quvchilarning tabiatdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurini boyitish. Atrofdagi o’simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: Ona tabiatga mehr-muhabbatini oshirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish. Uning og’zaki nutqini o’stirish.
Ilmiy xabardorlik kompetensiyasi: nazariy bilimlar asosida turli tabiiy obyektlar, hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini biladi, tasavvur qiladi va mohiyatini tushunadi;
kundalik hayotda kuzatadigan tabiiy hodisa va jarayonlarni tabiiy fanlarga oid atamalar, tushunchalar hamda umumiy qonuniyatlarni olgan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayanib tushuntiradi, amalda qo‘llaydi;
Amaliy kompetensiya: tabiiy fanlardan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida vujudga keladigan muammolarni hal etishda qo‘llay oladi;tabiiy fanlarga oid tadqiqotlarni amalga oshirish usullaridan foydalanadi;
hodisalarni kuzatadi, taqdimotlar, tajribalar o‘tkazadi va zaruriy kattaliklarni asboblar (sekundomer, tarozi, o‘lchov tasmasi, termometr va h.k) yordamida o‘lchaydi, hisoblash ishlarini bajaradi; turli jihozlarni ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi va oqilona foydalanadi; Turmush sharoiti va yashash hududining tabiiy rivojlanishiga amaliy ko‘nikmalarini safarbar etadi;
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: ko‘rgazma,mehnat qurollari,slaydlar
Dars tipi: aralash,savol-javob
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism. 1.O’quvchilar bilan
2.Salomlashish .
3.Davomatni aniqlash . II .O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’tgan mavzu yuzasidan savol javob orqali guruhlar bilan ishlab mavzu haqidagi fikrlar va umumiy hulosalar mustahkamlanadi. O’quvchilarni qiziqtirgan mavzuga doir qo’shimcha savollarga javob beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.

1. Nima uchun o‘simlikni tirik organizm deb hisoblaymiz?


2. O‘simlikning qanday organlari bor?


Gulning changchi va urug‘chisi meva va urug‘ hosil bo‘lishida ishtirok etadi.


O‘simlik – tirik organizm.


O‘simlik oziqlanadi, nafas oladi, o‘sadi, rivojlanadi, ko‘payadi.






  • O‘simlik oziqlanishi uchun yorug‘lik, suv, havo, tuproq zarur.

  • Tirik organizmlar o‘simliklar ajratgan kislorod bilan nafas oladi.



IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi ularga tabiat va tabiat hodisalari haqida olayotgan bilimlari va tushunchalari haqida so’ralib bir birlari bilan tasurotlarini o’rtoqlashadilar.
1. O‘simlik qanday oziqlanadi?
2. Maktab hovlisidagi o‘simliklarni parvarish qilishga qanday hissa qo‘shasiz?
V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O`tilgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig’ish


O`IBDO`:______________________________
Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin