Dars jihozi: ko‘rgazma,mehnat qurollari,slaydlar
Dars tipi: aralash,savol-javob
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I.Tashkiliy qism. 1.O’quvchilar bilan
2.Salomlashish .
3.Davomatni aniqlash . II .O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’tgan mavzu yuzasidan savol javob orqali guruhlar bilan ishlab mavzu haqidagi fikrlar va umumiy hulosalar mustahkamlanadi. O’quvchilarni qiziqtirgan mavzuga doir qo’shimcha savollarga javob beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. 1. Ob-havoning o‘zgarishi nimaga bog‘liq?
2. Ob-havo elementlariga nimalar kiradi?
Dunyoning hamma joyida ob-havo elementlari doimo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda issiq, ba’zi joylarda sovuqroq, ko‘proq yoki kamroq bulutli, sershamol holatlar bo‘ladi.
Havo tarkibida namlikning ortishi natijasida bulutlilik darajasi ham ortadi. Havo haroratining turlicha bo‘lishi shamollarni hosil qiladi.
Ob-havo o‘zgarishining asosiy sababi havo haroratining o‘zgarishidir.
Harorat o‘zgarganda ob-havoning boshqa xususiyatlari ham o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. Havo harorati uning namligiga ta’sir qiladi. Havo harorati ko‘tarilishi bilan havodagi namlik miqdori ortadi.
Shamol natijasida havo bir joydan boshqa joyga harakatlanadi.
Biroq bu holat Yer yuzining hamma joyida bir vaqtda sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun, haroratdan tashqari, shamol ham ob-havo o‘zgarishining asosiy omili bo‘lishi mumkin.
IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi ularga tabiat va tabiat hodisalari haqida olayotgan bilimlari va tushunchalari haqida so’ralib bir birlari bilan tasurotlarini o’rtoqlashadilar
1. Ob-havo o‘zgarishiga hudud relyefi qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Hafta davomida ob-havoda bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzating va sababini tahlil qiling.
V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O`tilgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig’ish