Umumiy o’rta ta’lim maktabi Texnologiya fani o’qituvchisi ning Mohir qo‘llar To’garak reja va ishlanmalari



Yüklə 8,6 Mb.
səhifə25/46
tarix22.09.2023
ölçüsü8,6 Mb.
#146990
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
MOHIR QO\'LLAR

MMIBDO’_______________________
Sana:________
Mavzu: To‘qish uchun аsbоb, mоslаmаlаr. To‘qish chоklаrini o‘rgаnish.
Mashg’ulotning maqsadi:
O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish.
Mashg’ulot turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “Blits savollar”, “Nilufar guli”, “Eng boy o‘quvchi” va boshqalar.
Mashg’ulotda jihozi: tikuvchilik o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari.
Mashg’ulot bayoni:
To‘qish uchun tabiiy tolali: jun, paxta, ipak va sun’iy tolali iplardan foydalaniladi. Paxta ip, xom iplardan to‘qilgan mahsulotlar tez sitiluvchan, qayishqoqligi past bo‘ladi. Shuning uchun, bunday iplarni sintetik iplar qo‘shib to‘qish yahshi natija beradi. Qo‘lda to‘qish jarayonini spitsa bilan bir qatorda ilmoq yordamida ham bajairish mumkin. Ilmoqdan foydalanish bajarayotgan ishning chiroyli va betakror chiqishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytiradi, ijodkorlikka, mukammallikka chorlaydi. To‘qishni boshlash oddiy halqa qilishdan boshlanadi. Ilmoqni ushlab turib, ilmoq uchini chalishma orasiga kiritiladi va kalavadan kelayotgan ipni shu chalishtirma oralig‘idan tortib chiqiladi. Shu tariqa havoyi halqa hosil qilinadi. Ketma-ket yuqoridagi tartibda olingan havoyi halqalar zanjir deb ataladi va to‘qima polotnoning asosini, boshlang‘ich qatorini tashkil etadi (58-rasm, v vа g). Chala ustunchani to‘qish uchun 20 ta halqalardan iborat zanjir to‘qib olinaladi. Eng so‘nggi birinchi halqani qoldirib, undan keyingi ikkinchi halqa orasiga ilmoq uchi kiritiladi va koptokdan kelayotgan ishchi ip ilmoq uchi bilan ilintirib, shu oraliqdan va birinchi halqa oralig‘idan totib chiqariladi. Ilmoqda yangi bitta halqa hosil bo‘ladi. Yana ilmoq uchi keyingi uchinchi halqa oralig‘iga kiritilib, ishchi ipni shu va ilmoqdagi halqa orasidan tortib chiqiladi va hokazo .Xomaki halqasiz (past) ustunchalar to‘qish uchun 20 ta havoyi halqadan iborat zanjir to‘qib oliladi. Zanjirdagi uchinchi halqa orasiga ilmoq uchi kiritilib, koptokdagi ishchi ip ilinadi va shu halqa oralig‘idan tortib chiqariladi. Ilmoqda ikkita qator halqa hosil bo‘ladi. Endi ilmoq uchi bilan yana ishchi ip ilib olinib, ilmoqdagi ikkala halqalar orasidan tortib chiqariladi. Navbatdagi halqalar ham xuddi shunday bajariladi. Har bir zanjirdan bitta ustuncha to‘qiladi. Qator so‘ngida milk halqa to‘qilib, ish o‘giriladi va yana shu tariqa to‘qish davom ettiriladi.Yangi qatorni to‘qish uchun ilmoq uchi oldingi qator halqasining orasiga emas, balki uning asosiga kiritilib, ishchi ip ilinadi va shu oraliqdan yangi halqa tortib chiqiladi, so‘ng yana ilmoq uchi bilan ishchi ip ilinib, ilmoqdagi ikki halqa oralig‘ida tortib chiqiladi va hokazo (59-rasm). Har yangi qator to‘qilganda halqalar sonini tekshirib borilishi, ya’ni har bir zanjir ustiga bittadan yangi halqa to‘g‘ri kelishi lozimligini kuzatib turish kerak. Aks holda, halqalar soni o‘zgarib, polotno kengligida o‘zgarish sodir bo‘lishi, ishning tekis chiqmasligi kuzatiladi.

Yüklə 8,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin