Umumiy o’rta ta’lim maktablarda kimyo fani metodikasi va uning umumiy tushunchasi



Yüklə 40,24 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü40,24 Kb.
#44290
Название документа



USTOZLAR UCHUN 7-SON.MAY.2021



BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA FANIDAN MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH.

Annotatsiya: Ushbu maqola “Boshlang‘ich sinf matematika fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish” mavzusiga bag`ishlangan. Mavzuni yoritishda, mustaqil ishlarni tashkil etishning ilmiy nazariy asoslari, boshlang‘ich sinfda matematika darsi va o‘qitishning shakllari, matematika o‘qitishda mustaqil ishlarni tashkil etish usullari kabilar keltirilgan. Kalit so’zlar: Kompetensiya, islohot, didaktik texnologiya, fiziologik-psixologik xususiyatlar, metod.

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, islohotlar samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish inson huquq va manfaatlarini himoya qilishni yuksak darajada ta’minlashga erishish maqsadida 2017 yil 10 fevralda beshta ustuvor yunalishni o‘z ichga qamrab olgan O‘zbekiston Respublika Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respuplikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo’nalishining to‘rtinichi bandi ta’lim va fan sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.

Bоshlang‘ich maktabda matеmatika ta’limi о‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qоbiliyatlarini shakllantirish va rivоjlantirishga, о‘z fikrlarini mustaqil bayоn qila оlish, egallagan bilimlarini ijtimоiy faоliyatlarida qо‘llash hamda ta’limning ikkinchi bоsqichida о‘qishni davоm ettirish uchun matеmatik tayyоrgarlikni ta’minlashga хizmat qiladi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limdan maqsad o‘quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta'lim jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo‘llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta'lim maktablari oldiga, bir tomondan, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan jarayonlarni to‘g‘ri tushunadigan, ikkinchi tomondan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o‘z ijobiy ta'sirini o‘tkaza oladigan har tomonlama ziyoli shaxsni tarbiyalash vazifasi qo‘yilmoqda. Ma'lumki, matematik savodxonlik barcha fanlarni, ayniqsa aniq fanlarni o‘zlashtirishda muhim o‘rin egallaydi.Bu jarayonda matematika fanining ahamiyati beqiyosdir.

Bunda:

– matematikaga xos go‘zallik va jozibadorlikdan foydalanib har bir o‘quvchiga mos ravishda rivojlantiruvchi mantiqiy faoliyat bilan shug‘ullanish;

– jadval, diagramma, grafik ko‘rinishda berilgan axborotlarni o‘qiy olish, jadvallar tuzish, diagrammalar yasash, grafiklar chizish;

– ommaviy axborot vositalarida berilayotgan diagramma, grafik ko‘rinishdagi real sonli ma'lumotlarni tahlil etish ko‘nikmalarini hosil qilish kerak bo‘ladi.

O‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi harakati natijasida nimaga erishilganiga emas, balki bu natija qaysi yo‘l bilan erishilganiga asosiy e'tiborni qaratish kerak.

Bunda:


- umumfan yo‘nalishi darajasidagi o‘qitish – matematik standartning o‘rta maktab kursidagi bilimlarini egallash;

- matematik yo‘nalishda – matematikani tabiiy fanlar bilan uyg‘unlashgan holda ixtisoslashgan kengaytirilgan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish.

Bu fanni o‘rganish insonning ilmga bo‘lgan qiziqishini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirib, boshqa fanlarning o‘qitilishiga ta'sir ko‘rsatadi va ta'limda asosiy vazifani o‘taydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda namoyon bo‘ladigan matematik tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirish, matematik fikr yuritishga tayyor bo‘lish, masala va muammolarni yecha olish, matematik tilda bemalol ish yurita olish ko‘rinishidagi samarali natijalarni ta’lim stilini o‘zgartiribgina erishish mumkin. Bunda izlanuvchanlik asosiy o‘rin tutadi. Masalan, muammoli o‘qitishda o‘quvchilar nazariy va amaliy ko‘rinishdagi turli muammolarni yechish orqali yangi bilim va malakalarni egallaydi. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, qiziqarli muammolarni qo‘yish va ularning yechilishiga yordam berish o‘quvchilarning faolligi va mustaqilligini rivojlantirib, bu fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Natijada o‘quvchilar olgan bilim va ko‘nikmalaridan foydalanishni o‘rganishadi va o‘zlarining ijodiy imkoniyatlari va aniq fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi. Matematika darslarida zamonaviy metodik vositalardan foydalanish o‘qituvchiga matematik mavzuning to‘liq o‘zlashtirilishiga yordam beribgina qolmasdan, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning o‘zlari faol ishtirok etishlarini ham ta'minlaydi. O‘qitishga qo‘yilgan maqsad va rejalashtirilgan natijalarni, asosan, didaktik texnologiyalarning to‘g‘ri tanlanishi, o‘quv jarayonini va o‘quv faoliyatini uyushtirish usullarini mulohaza qilib tanlanganligi ta'minlaydi. Ta'lim jarayoning qiziqarli bo‘lishi turli didaktik sistemalar majmuining qanday tanlanishiga bog‘liq. Matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va matematikaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri - o‘quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, o’quv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek, bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining roli. ─ T.: О‘zbekiston, 2017. – 14b.

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. ─ T.: О‘zbekiston, 2016. – 23b.



195


Yüklə 40,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin