Umumiy o’rta ta’lim maktablarida meyoriy-xuquqiy hujjatlarni yuritishning konseptual asoslari Reja: O`zbekiton Respublikasi ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan



Yüklə 54,27 Kb.
səhifə1/4
tarix10.05.2023
ölçüsü54,27 Kb.
#110653
  1   2   3   4
1 mavzu word


1-Mavzu (Ma`ruza)



Umumiy o’rta ta’lim maktablarida meyoriy-xuquqiy hujjatlarni yuritishning konseptual asoslari
Reja:
1.O`zbekiton Respublikasi ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar
2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining rivojlantirish va takomillashtirishda me`yyoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati.
3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ijro intizomini olib borish
.

Tayanch so’zlar:O’zbekiston, Konstitutsiya, maktab, ta’lim, hujjat, qaror, farmon, Nizom, hokimiyat, strategiya, takomillashtirish, o’qish, malaka, muassasa, rivojlantirish.

Me'yoriy-huquqiy hujjat deb normativ hujjatlar to'g’risidagi qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko'rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. Ta'lim standartlari tizimidagi me'yoriy hujjatlarga Uzbekiston Respublikasining davlat ta'lim standart­lari tizimi kiradi.


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida tahsil olyotgan barcha talabalar uchun aziz bo'lgan me'yoriy - huquqiy hujjatlardan biri

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 27 iyuldagi PQ-3852-sonli “Toshkent viloyati Chinchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to'g’risida”gi qaroridir.

Me'yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir. O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so'zsiz tan olinadi.



O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O'zbekiston Respublikasining butun hududida qo'llaniladi.



O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va principlariga zid kelishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o'tkazish yo'li bilan qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlari konstituciyaviy honunlar tarzida habul hilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va honunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar, qarorlar va farmoyishlar tarzida me'yoriy -huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida me'yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar o'z vakolati doirasida buyruqlar hamda arorlar tarzida me'yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul hilinadi. qarorlar davlat qo'mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qo'mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar tomonidan qo'shma qarorlar tarzida me'yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning tarkibiy bo'linmalari hamda hududiy organlari me'yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolati doirasida qarorlar tarzida me'yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Turli me'yoriy - huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo'yicha o'zaro nisbati O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek, me'yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi. Me'yoriy - huquqiy hujjat o'ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan me'yoriy -huquqiy hujjatlarga muvofiq bo'lishi shart. Me'yoriy - huquqiy hujjatlar o'rtasida tafovut bo'lgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan me'yoriy - huquqiy hujjat qo'llaniladi. Agar me'yoriy - huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo'mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun mahsus vakolati bo'lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir hil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo'mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan me'yoriy - huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'ladi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida me'yoriy hujjatlarni yuritish fani orqali O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim maktablarini tashkil etish, faoliyat yuritish hamda boshqarishning me'yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushunish, ular bilan ishlashni o'rganish, umumiy o'rta ta'lim maktablari me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish va takomillashtirish va ta'lim oid me'yoriy hujjatlar bilan ishlash metodlarini o'rganadi.

Respublikamizda mavjud umumta'lim muassasalari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va Farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o'z ustavlariga amal qiladi.


O'zbekiston Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovacion g`oyalar va tehnologiyalarni qo'llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 172-bandida «Ta'lim to'g`risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining yangi taхrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq horijiy davlatning (Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSH, Franciya, Shveciya, Daniya, Norvegiya, Gollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog`iston va b.) ta'lim to'g`risidagi qonunlari o'rganildi va ularning ilg`or tajribalari inobatga olingan..


Yüklə 54,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin