486-mashq.
Boshqotirmaga yashiringan maqolni toping. Ravish
ishtirok etgan yana shunday maqollarni bilasizmi? Ularga misollar
ayting.
1, 2, 3 – O‘z so‘zining zid ma’nolisi
4, 5, 6 – Ilm olishga da’vat etuvchi fe’lning buyruq-istak shakli
7, 8, 9 – Sifatdosh yasovchi qo‘shimcha
10, 11, 12 – 1, 2, 3 tartibdagi so‘zning takrori
13, 14, 15 – «Bilmoq» fe’lning buyruq-istak maylidagi shakli
16, 17 – Sifatdosh yasovchi qo‘shimcha.
487-mashq.
Uyga vazifa.
Matnni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan
so‘zlarga izoh bering
.
Zuhra qurib qolgan butalarni oralab turnaga yaqin bordi.
Òurna ham Zuhraning yaqin borishini kutgandek bo‘ynini cho‘zib
qarab turdi. Uzun bo‘yli qush sarg‘ish-ko‘kish ko‘zlari bilan
qizga xavotirlanib boqar, agar Zuhra yana ham yaqinroq borsa,
uchib ketgudek holi bor edi. «Juda chiroyli qush ekan,– dedi
Zuhra turnaga tikilib. — Bo‘yni, oyoqlari uzunchoq, patlari qora
kulrang ekan». (O. Husanov)
1-to p s h i r i q . O‘zingiz haqingizda hikoya matni tuzing. Unda
tug‘ilgan sanangiz, tug‘ilgan joyingiz, ota-onangiz, maktabga borgan
vaqtingiz, hozirgi holatingiz va boshqa shu kabi ma‘lumotlarni aks
ettiring.
BILIB OLING.
Kishilar o‘rtasidagi rasmiy munosabat-
lar ish qog‘ozlari deyiladigan turli hujjatlar bilan tartibga
solinadi. Tarjimayi hol ana shunday xilma-xil ish
qog‘ozlaridan biri bo‘lib, unda ma‘lum bir shaxs tomonidan
o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati bayon qilinadi.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10 11 12 13 14 15 16 17
ISH QOG‘OZLARI
193
ESDA SAQLANG.
Dostları ilə paylaş: |