161
1- do‘konga qaytib keladi. Mumkin
bo‘lgan marshrutlardan eng qisqasini
toping.
Ko‘rsatma:
Har bir marshrut uchun 5
ta raqamli kod tuzing. Kodning birin-
chi va oxirgi raqami 1 bo‘lsin. Masa-
lan, 12431 marshrutning uzunligi:
5 + 2,4 + 4,3 + 4,8 = 16,5 (km).
559.
Avtomashinalarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishda 3 ta raqam, 3 ta harfdan va
shahar yoki viloyat uchun belgilangan koddan
foydalaniladi. Masalan, avtomashina nomeridagi 01 kod –
mashina Toshkentdan ro‘yxatga o‘tganini bildiradi. Nima
deb o‘ylaysiz, Toshkentda eng ko‘pi bilan nechta
avtomashina ro‘yxatdan o‘tishi mumkin?
Nomerlashda 24 ta harf qatnashadi, deylik. Nomer 6 ta
„joy“ ni egallaydi. 1- „joy“ da 10 ta raqamdan ixtiyoriy
biri bo‘lishi mumkin. 2- „joy“ ni 10 ta raqamdan biri
egallaydi. 3- „joy“ da 9 ta raqamdan ixtiyoriy biri bo‘ladi.
(3 ta bir xil raqamli nomer berilmaydi). Nomerdagi 1-
harf ham, 2- harf ham, 3- harf ham 24 ta harfning ix-
tiyoriy biri bo‘lishi mumkin. Demak, Toshkentda ro‘y-
xatdan o‘tishi mumkin bo‘lgan jami avtomashinalar soni
10 · 10 · 9 · 24 · 24 · 24 = 24
3
· 900 = 12 441 600 ta.
Bu hisoblashda harflarning nomerdagi 3 xonali sondan
„bitta harf – 3 xonali son – 2 ta harf“ yoki „3 xonali
son – 3 ta harf“ ko‘rinishida bo‘lishining farqi yo‘q.
Javob:
12 441 600 ta.
Dostları ilə paylaş: