Tabiiy materiallar bilan ishlash (3 soat). Archa g‘uddasi, urug‘ ya plastilin yordamida pingvin yasash. Urug‘ va danaklardan devoriy bezak yasash: “Tovus”, “Shaftoli gulladi”.
Momiq doirachalar bilan ishlash (3 soat). Momiq doirachalardan applikatsiya yasash: Tovuq, O‘tloqdagi quyoncha. Xohishga ko‘ra rasmga qarab applikatsiya yasash.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish.Applikatsiya usulida yuk mashinasini yasash. Xohishga qarab boshqa turdagi mashinalarni yasash. Karton va rangli qog‘oz bilan tabriknomalar yasash. “8-Mart”, “Navro‘z keldi”, “Qushlar” va “Gullar” applikatsiyasi.