VI. Bo‘lim. Sonli va harfli ifodalar. Tenglamalar.
(15 soat)
Sonli ifodalar. Sonli ifodalar. Ikki yoki uch amalli sonli ifodalar.
Qavsli va qavssiz sonli ifodalar. Qavsli va qavssiz ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Qavsli va qavssiz ifodalarning qiymati.
Harfli ifodalar. Harfli ifoda tushunchasi. Harfli ifodalarning o‘qilishi
va yozilishi.
Komponentlar orasidagi bog‘lanishlar. Har bir amal komponentlari
va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar.
Tenglama va uni yechishning tanlash usuli. Tenglama va uning ildizi tushunchalari. 27 + x = 27, 35 - x = 30, x - 3 = 7 ko‘rinishdagi tenglamalarni tanlash usuli bilan yechish.
VII. Bo‘lim. Ulushlar.
(15 soat)
Aylana va doira. Sirkul. Aylana va doiraning farqi. Aylana markazi, radiusi, diametri. Sirkul yordamida ishlash.
Sonning ulushi. Sonning ulushini so‘zlar yordamida ifodalash. Sonning ulushi haqida tushuncha. Sonning ulushini so‘zlar (“yarim”, “chorak”, “nimchorak”) yordamida ifodalash, modellarda tasvirlash.